Maqola

188 12/09/2024

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 12 sentyabrdan qayta ochildi.

Bojxona qo‘mitasining xabariga ko‘ra, “Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lib, kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin.

Post orqali yo‘lovchilar asosan yopiq inshootlar bo‘ylab harakatlanishadi.

Postning ochilishi qo‘shni davlat fuqarolari uchun ham bir qator qulayliklarni yuzaga keltiradi.

Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatidan Jalolobod viloyatiga o‘tish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib o‘tilgan bo‘lsa, endi ushbu masofa 101 km.ga qisqarib, O‘zbekiston hududi bo‘ylab tranzit tarzida atigi 19 km harakatlanish, kifoya.

Shuningdek, Namangandagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti ham o‘z faoliyatini boshlaydi.

Video: Vodiy1.uz

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya