Rossiyada 2025-yilda kvartira ijarasi narxlari oshishi kutilmoqda. 2025-yilda Rossiyada kvartira ijarasi narxlari hozirgi darajaga nisbatan 20-25% ga oshishi kutilmoqda. Natijada, uy sotib olish ijaraga qaraganda manfaatliroq bo‘lishi mumkin, chunki ipoteka to‘lovlari ijara narxlaridan farqli o‘laroq o‘zgarmaydi. Bu haqda «Gazeta.Ru» yozmoqda.
Ekspertlarning baholashicha, yil boshidan buyon Rossiyaning barcha hududlarida turar joy ijarasi narxlari 20% dan ko‘proq oshgan. Masalan, Moskvada bir xonali kvartirani oyiga 60 ming rubldan ijaraga olish mumkin, ikki xonali xonadonni — 65 ming rublga, uch xonalikni esa — 75 ming rublga.
Ekspertlar narxlar o‘sishining to‘xtashiga asos yo‘qligini ta’kidlashmoqda. Nashrning qayd etishicha, inflyatsiya yuqori darajada saqlanmoqda, Rossiya Markaziy bankining asosiy stavkasining yanada oshishi ehtimoli mavjud bo‘lib, bu ijara narxlarining o‘sishiga turtki bo‘ladi.
Shuningdek, ijaraga beriladigan uy-joy tanqisligi kuchayishi kutilmoqda, chunki kvartiralar bo‘shashi kamaymoqda. Uy-joyni ijaraga beruvchilar esa uchta asosiy xavf bilan yuzlashmoqda: firibgarlik, depozitni qaytarishdagi muammolar va ijara narxlarining oshishi.
Ijara narxining qimmatlashini qanday aylanib o‘tmoqchisiz?