Author Archive

Terrorizmga qarshi operatsiya (КTO) rejimi holatida migrantlar uchun maslahat

Agar siz KTO rejimi bo‘lgan hududda bo‘lsangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qiling: KTO hududini imkon qadar tezroq tark eting Bu ehtimoliy xavfarni kamaytiradi va og‘ir vaziyatlarga tushib qolishdan saqlaydi. Qonunlar va qoidalarga rioya qiling Rasmiylar tomonidan o’rnatilgan barcha ko’rsatmalar va cheklovlarga qat’iy rioya qiling. Bu huquqni muhofaza qilish organlari bilan...

Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida KTO rejimi joriy etildi. Bu nima degani?

9-avgustdan 10-avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh uchta oblastida aksilterror operatsiyasi (KTO) rejimi joriy etildi. Gap Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlari haqida bormoqda. KTO rejimi nima va u qanday cheklovlarni nazarda tutadi? KTO aksilterror operatsiyasi  – bu Rossiyada terroristik hujumning oldini olish yoki uning oqibatlarini minimallashtirish uchun muayyan...

Kuryerlar tanqisligi: Rossiya muhojirlarning ketishi oqibatlarini his qilmoqda

Rossiyada, migrantlarning ommaviy deportatsiyasi fonida, kuryerlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.  2024-yil martida butun mamlakat bo’ylab taxminan 140 ming kuryer yetishmagan va yil oxiriga kelib bu tanqislik 300 minggacha oshishi mumkin, deb yozadi «Kommersant» nashri, “Restomania” kuryerlik xizmatiga tayanib. Kadrlar yetishmovchiligi tufayli kompaniyalar yetkazib berish hududlarini qisqartirish, shoshilinch buyurtmalarni bekor qilish, uzoq...

Moskvada muhojirlar yashaydigan yotoqxonaga bostirib kirildi

Moskva Tergov qo’mitasining xabar berishicha, mahalliy aholi mehmonxonada migratsiya qonunlari buzilayotgani haqida shikoyat qilgach, yotoqxonada tekshiruv o’tkazilgan va 391 nafar muhojir ushlanib, politsiya bo’limiga olib ketilgan. Tekshiruv ekstremistik uyushma tashkil etish faktlari bo’yicha qo’zg’atilgan jinoiy ish doirasida o’tkazilgani ma’lum qilinmoqda. Biroq yotoqxonadagi yashovchilarning aynan qaysi xatti-harakati eskremistik belgilarga ega...

Harbiy ro‘yxatga turmaganlarning Rossiya fuqaroligi bekor qilinadi

8-avgust migratsiya qonunlariga boy kun bo‘ldi. Rossiya Prezidenti migrantlarga bevosita taalluqli bo‘lgan uchta qonunga imzo chekdi. Imzolangan qonunlardan biri harbiy ro‘yxatga olishdan bosh tortgan taqdirda Rossiya fuqaroligidan mahrum qilishni nazarda tutadi. Vladimir Putin harbiy ro‘yxatga olishdan bosh tortganlik uchun olingan Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Agar Rossiya...

Odinsovo politsiyasida ushlab turilgan o‘zbekistonliklarga kim yordam beradi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi bir necha o‘zbekistonlik migrantlarning to‘rt kundan buyon politsiya bo‘limida qolib ketayotganini ko‘rsatuvchi video tarqaldi. Migrant.uz ushbu videoning mualliflari bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘ndan ortiq o‘zbekistonliklar Rossiyaga kelgach, patent va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan. Ular migratsion qaydlar, mehnat shartnomalari va Rossiyada ishlash uchun kerakli barcha hujjatlarga ega...

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin politsiyaga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni deportatsiya (выдворение) qilish huquqini beruvchi qonunni imzoladi

Qonun hujjati rasman e’lon qilindi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday vakolatlar faqat sudyalar va chegarachilarda mavjud edi. Qonunda muhojirlarni majburiy chiqarib yuborish IIB rahbari, IIB hududiy organi rahbari, FXX(Federal xavfsizlik xizmati) rahbari, chegara xizmati rahbari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilingan qaror asosida 48 soatdan kechikmay amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek,...

Yekaterinburgda «drujinachilar» meva va sabzavot savdosi bilan shug‘ullanuvchi muhojirlarga qarshi reyd o‘tkazib, ularning mahsulotini talon-taroj qilgan

Tarmoqlarda tarqatilgan videolarda muhojirni do‘q-po‘pisa va kuch ishlatish bilan qo‘rqitayotgan “drujinachilar”ni va savdogar muhojirning molini o‘g‘irlayotgan aholini ko‘rish mumkin. Uyalmay birovning mulkini talon-taroj qilayotgan aholi bunga “drujinachilar” ruxsat berganini aytadi. Qizig‘i, politsiya talon-taroj qiluvchilarni indamay kuzatib turgan. Bu haqida “66.ru” mahalliy nashri xabar bermoqda. Reydni hukumatga yaqin «Rus jamiyati»...

Xorij fuqarosining elektron kartasi – savollaringizga javob beramiz

Xorijiy fuqaro kartasi nima? Bu plastik karta. U Moskva va Moskva viloyatida patent olishda beriladi. U xorij fuqarosining Rossiya hududida qonuniy bo’lishi uchun barmoq izlari va boshqa majburiy jarayonlardan o’tganini tasdiqlaydi. Kartada qanday ma’lumotlar bor? Kartada migrantning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, jinsi, surati, fuqaroligi  haqidagi ma’lumotlar va...

Migrant farrosh ham kvartirani, ham seyfni tozalab ketdi

Moskvada kvartiradan 6 million rubl o‘g‘irlashda gumon qilingan farrosh qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi. 24 yoshli yigit Markaziy Osiyo davlatlaridan biridan bo‘lgan 37 yoshli ayolni Lobachevskiy ko‘chasidagi xonadonini tozalash uchun yollagan. Egalari qo‘shni xonada bo‘lganida, u qulflanmagan seyfdan pul va taqinchoqlarni olib qo‘ygan. Ishini tugatgandan...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya