Author Archive

Qirg‘izistonning bir nechta banklari Rossiyadan pul o‘tkazmalarini amalga oshirayotgan tizimlar bilan ishlashni to‘xtatdi

Bu haqida banklar o‘z rasmiy saytlarida ma’lumot berdi.  “Texnik ishlar olib borilayotgani uchun quyidagi o‘tkazmalar ishlamayapti va ulardan pul yuborib, olib bo‘lmayapti – Astrasend, «Юнистрим», Contact, «Золотая корона», «Сбербанк-онлайн””, deb xabar bermoqda RSK-bank. Qirg‘iz moliya bozorining eng yirik banki sanalgan RSK-bank pul o‘tkazmalari qachon faoliyatini tiklanganida “qo‘shimcha ma’lumot beriladi”,...

Rossiyada dollar kursi nega oshib ketdi? Migrantlar nima qilsin?

12-iyun kuni AQSH Mosbirja va Milliy kliring markaziga nisbatan sanksiya qo‘lladi. Sanksiyalar “Rossiya kuni” munosabati bilan kiritilganini alohida ta’kidlash kerak.  Mazkur sanksiyalar endi Mosbirjada dollar valyutasida savdo qilib bo‘lmasligini anglatadi. Bu esa bevosita dollarning bozor narxini belgilashda murakkablikni keltirib chiqaradi. Biroq Rossiya Markaziy banki anchadan buyon bunday sanksiyalarni kutib,...

Istanbulga O‘zbekistonning ikki shahridan toʻgʻridan-toʻgʻri uchish mumkin 

Qanot Sharq aviakompaniyasi O‘zbekistonning ikki shahridan Istanbulga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Namangan va Istanbul o‘rtasidagi reyslar 11 iyundan boshlangan. Parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari, 13 iyundan Qarshi – Istanbul – Qarshi yo’nalishi bo’yicha parvozlar ham haftada bir marta payshanba kunlari Airbus 321 samolyotlarida amalga oshiriladi. Endilikda O‘zbekistonning sakkiz...

AQSh chegarachilariga noqonuniy o‘tgan o‘zbekistonliklarni deportatsiya qilishga buyruq berildi

Kaliforniyadagi chegara xodimlariga Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish buyurildi. Bu haqda The New York Post (NYP) xabar bermoqda. Chegara xizmatiga yuqorida qayd etilgan davlatlardan faqat voyaga yetgan, hujjatsiz muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish haqida ko‘rsatma berilgan. Boshqa muhojirlar sudga kelish majburiyati...

Qozog‘istonda hibsga olingan o‘zbekistonliklar o‘z ish joylariga qaytdi

O‘zbekiston Bosh konsulligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-iyun kuni Olmaota shahrida 27 nafar o‘zbekistonlik fuqaro Qozog‘iston hududida noqonuniy mehnat va mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Bu Qozog‘iston vakolatli organlari tomonidan o‘tkazilgan “Nelegal” respublika profilaktika tadbiri chog‘ida sodir bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Bosh konsulligi tomonidan zarur choralar ko‘rildi, jumladan,...

Spespriyomnikda qiynalayotgan bolalar

O’zbekistonlik 4 nafar voyaga yetmagan bolalar 2 oy davomida Yekaterinburgning migrantlar qamoqxonasida qolayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Migrant.uz tahririyati holat yuzasidan bolalarning onasi bilan suhbatlashdi.   5 yil avval Rossiyaga ishlashga kelgan andijonlik Malikaxon Temirova 3 marta patent olgan va 2024-yilga kelib esa sog’lig’idagi muammolar tufayli patent qila...

Krasnoyarskda migrantlar DNK topshirishga majburlandi

Krasnoyarsk o‘lkasida migrantlar ishlaydigan bozorlarda tekshiruvlar bo‘lib o‘tayapti. Shunday bozorlarning birida kuchishlatar tizimi xodimlari 135 nafar migrantni qo‘lga olgan, deb ma’lumot bermoqda Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi. Leninskiy rayonida o‘tkazilgan reyd politsiya va Federal xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan va Tojikiston, O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston fuqarolari qo‘lga...

Rossiyaga isiriq olib kelayotganlar javobgarlikka tortilmoqda

Rossiya Xavfsizlik xizmatining Chegara boshqarmasi isiriq olib kelayotgan yo‘lovchi va haydovchilarni jinoiy javobgarlikka tortmoqda.  17-aprel kuni Rossiyaga kirishda 51 yoshli markaziy osiyolik ayolning yuklari orasidan 120 gramm isiriq topilgan. Ayolga Rossiya JKsining 229.1 moddasi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoki analoglari, tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning...

ЎЗГАЛАР ҲАЁТИ ЁКИ ФУҚАРОЛИККАЧА БЎЛГАН УЗУН ЙЎЛ

Ҳаммага салом! Узтренд жамоаси фуқаролиги бўлмаган шахслар муаммосига (ЛБГ) бағишланган “Ўзгалар ҳаёти” лойиҳасини давом эттирмоқда. Биринчи сонида Ўзбекистондаги вазиятни тасвирлаб, ўша мамлакатда фуқаролар уруши бошланганидан кейин оиласи, ўз она юрти Тожикистонни тарк этишга мажбур бўлган тошкентлик шифокор ҳақида ҳикоя қилган эдик. Уларнинг паспорт олишга бўлган ҳаракати йигирма йил давом...

Onasi qamalgan qizchalar elchıxonaga olib kelindi

Rossiyada onasi hibsga olingani uchun qarovsiz qolgan qizaloqlar Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasiga olib kelindi. Ular tez kunda O‘zbekistonga olib kelinishi aytilmoqda. Buning uchun ularning tergov hibsxonasida saqlanayotgan onasidan tegishli ishonchnoma va rozilik olish qolgan. Kun.uz manbasining aytishicha, qizlarni O‘zbekistonda qaramog‘iga oluvchi oila aniq emas. Chunki qarindoshlari ularni qabul qilishni istamayapti....
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya