Author Archive

Boshqirdistonda migrantlarni “deport” qilish kamaydi

O’tgan yil davomida Boshqirdiston sudlari Rossiyadan muhojirlarni chiqarib yuborish to’g’risidagi qarorlar sonini sezilarli darajada kamaytirdi. Boshqirdiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, 2025-yilda migrantlarni deportatsiya qilish to’g’risidagi qarorlar soni o’tgan yilga nisbatan 58,3% ga kamaygan. Shu bilan birga, mintaqadagi xorijiy fuqarolar soni ham oshdi. O’tgan yili Boshqirdistonda migratsiya uchun...

Max sizga josuslik qilmoqda: undan qanday himoyalanish mumkin?

Max mobil ilovasida (Android versiyasi) yashirin «josuslik moduli» topildi. Uning asosiy maqsadi telefoningizda VPN yoqilganligini aniqlashdir. Bu juda oddiy ishlaydi: ilova Rossiyada bloklangan veb-saytlarga (masalan, Telegram yoki WhatsApp serverlariga) kirishga harakat qiladi. Agar veb-sayt ochilsa, bu foydalanuvchida ishlaydigan VPN borligini anglatadi. Agar u ochilmasa, demak, hech qanday himoya yo’q....

Putin yollanma askarlarni himoya qiluvchi qonunni imzoladi

Rossiyada Prezident Vladimir Putin imzolagan yangi qonun qabul qilindi. Hujjat Rossiya armiyasida shartnoma asosida xizmat qilgan va jangovar operatsiyalarda ishtirok etgan chet elliklarga tegishli. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-prosessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, Rossiya armiyasida shartnoma asosida xizmat qilayotgan va jangovar harakatlarda qatnashgan xorijiy fuqarolarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun boshqa davlatlarga...

Migrantlar yetishmayapti: Ish beruvchilar yechim izlamoqda

Rossiyada ish beruvchilar xorijiy ishchilar uchun kvotalarning yetarli emasligi kabi muammoga duch kelgan. Bu ko’plab kompaniyalarni faoliyatini qanday davom ettirish va kimni shtatda saqlab qolish haqida o’ylashga majbur qilmoqda. Iqtisodchi Oleg Nikolayevning fikricha, agar kompaniyaning xorijiy ishchilar soni ruxsat etilgan kvotadan oshsa, ish beruvchi kimni ishdan bo’shatish to’g’risida qaror...

Yollanma askarlik uchun hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Qashqadaryo viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya tartibida ko‘rib chiqqan ishda Yakkabog‘ tumanida yashovchi A.X.ga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Sud materiallariga ko‘ra, 2003-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida ro‘yxatda turgan A.X. 2021-yil 13-noyabr kuni ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ketgan. U yerda bo‘lib turgan vaqtida...

Max ilovasi o‘zbekistonliklar orasida ommalashmoqda

Rossiya hududida ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar faoliyatiga cheklovlar qo‘yilishi mehnat muhojirlarini o‘z yaqinlari bilan aloqa qilishning yangi yo‘llarini izlashga majbur qilmoqda. Buning natijasida Max ilovasi qisqa muddat ichida misli ko‘rilmagan darajada ommalashib, O‘zbekistondagi eng ko‘p yuklab olingan dasturlar reytingida keskin yuqoriladi. Fevral oyi yakunlariga ko‘ra, ushbu ilova bir...

Qozonda o’nlab migratsiya qonunlarini buzganlar aniqlandi

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Tatariston bo’yicha mintaqaviy boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, Qozon politsiyasi xodimlari migratsiya qonunlarini buzgan taxminan o’ttiz nafar xorijiy fuqaroni aniqlagan. Tekshiruvlar qurilish maydonlari, kafe va avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasida o’tkazildi. Reydlar davomida noqonuniy mehnat faoliyati va Rossiyada bo’lish qoidalarini buzish kabi 34 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Qoidabuzarliklarning oltitasi...

Rostovda soxta “registratsiya” qilganlar sudlandi

Rostov viloyati politsiyasi chet el fuqarolarini firibgarlik yo’li bilan ro’yxatdan o’tkazish sxemasini fosh qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko’ra, Rostovda ko‘plab migrantlar ro’yxatdan o’tgan ikkita manzil aniqlangan. Biroq muhojirlarning “registratsiya”si faqat qog‘ozda bo‘lib, ammo aslida ular u yerda yashamagan. Tergov xabariga...

Isroilda o‘zbekistonlik muhojir hibsga olindi

Isroil politsiyasi raketa ogohlantirishi paytida suratga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan keyin o‘zbekistonlik fuqaroni hibsga oldi. Videoda erkak: «Mana hech kim qolmadi, kalamushlar qochib ketdi. Hech kim yo‘q», degan gaplarni aytgan. Video internetda tarqalganidan so‘ng bir isroillik ko‘chada o‘zbekistonlik muhojirni tanib qolib, politsiyaga xabar bergan. Muhojirning ishxonasiga kelgan...

Moskvada iftorlik uyushtirildi

Muqaddas Ramazon oyida Moskvada Rossiyada ishlayotgan o’zbekistonliklar uchun iftorlik uyushtirildi. Tadbir O’zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi diplomatlari tomonidan tashkil etildi. Iftorlik «Antek» MChJ qurilish kompaniyasida ishlayotgan vatandoshlar uchun uyushtirildi. Uchrashuvda Buxorodagi “Xalifa Xudoydod” masjidi imom-xatibi Odiljon Sadilloev ham ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar mamlakat rahbariyati nomidan Ramazon oyi munosabati bilan tabriklandi....
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya