Author Archive

Tomdagi zahar yoki haligacha qazib olinayotgan xavfli mineral

Asbest – tolasimon tabiiy mineral. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘pka saratoni, mezotelioma, asbestoz va boshqa jiddiy kasalliklarga sabab bo‘luvchi bu mineralni o‘ta xavfli deb tan olgan. Saraton kasalligini o‘rganish bo‘yicha xalqaro agentlik asbestning barcha turlarini tamaki va plutoniy bilan birga birinchi guruh kanserogenlari deb tasniflaydi. Asbestning nimasi xavfli? Inson...

Kechagi migrantlar – bugungi Yevropa fuqarolari

Yevropada yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammad deb ism qo‘yish tobora ko‘payib bormoqda. 2000-yilda Avstriyada har 1670 o‘g‘il boladan faqat bittasi bu ismni olgan bo‘lsa, 2023-yilda esa bu har ikki yuz boladan biriga Muhammad ismi qo‘yilgan. Angliya va Uelsda Muhammad ismi ikki yil ketma-ket erkak ismlari orasida birinchi o‘rinni egallab...

Xabarovskda muhojirlarga taqiq ortidan muammolar kuzatilyapti

Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Dmitriy Demeshin imzolagan qarorga ko‘ra, 2026-yilda ham migrantlar patent asosida jamoat transporti, taksi va yana bir nechta sohalarda ishlay olmaydi. Biroq mahalliy tadbirkorlar RF Transport vazirligi orqali xorijliklarga yo‘lovchi tashish sohasida ishlashga ruxsat berishga erishishga urinmoqda. Chunki hozir o‘lkada haydovchilar va boshqa xizmatchilar yetishmovchiligi juda katta,...

Xabarovskda migrantlar ish faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar uzaytirildi

Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Dmitriy Demeshin 2026-yilda ayrim iqtisodiy sohalarda chet el fuqarolarini ishga jalb qilishni taqiqlovchi qarorni imzoladi. Shu tariqa, hududda elektr, gaz va suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatadigan korxonalarda, transport sohasida hamda uy xo‘jaligida migrantlar mehnatiga cheklovlar saqlanib qoldi. Qaror komissiya ishlari yakunlari asosida qabul qilingan. «2025-yil tajribasi shuni...

Maktablarga qabul qilingan migrant bolalarning yarmigina darslarga qo‘yiladi

Peterburgda imtihon topshirgan 514 xorijlik boladan bor-yo‘g‘i 257 nafari darslarga kirish huquqini oldi. Bu haqda RF Davlat Dumasi deputati Mixail Romanov xabar berdi. 2025-yil 1-apreldan deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi federal qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endi migrant bolalarning Rossiya maktablariga qabul qilinishi uchun ular rus tilini bilishini va...

Migrantlarning O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari oshdi

2025-yilda O‘zbekistonga mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari o‘sishda davom etdi. 2025-yilning ikkinchi choragida (aprel-iyun) mamlakatga qariyb 4,8 milliard dollar tushdi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 21,4 foizga ko‘pdir. Agar 2025-yilning birinchi yarmini hisobga oladigan bo‘lsak, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tkazmalar hajmi qariyb 8,2 milliard dollarga yetgan, bu o‘tgan yilga...

Rus millatchisining haqoratiga Tashqi ishlar vazirligi nima deydi?

Avvalroq Moskva yaqinida joylashgan Ximki shahrida mahalliy fuqaro asli o‘zbekistonlik muhojir yigit bilan janjallashgani va uni «Sen qulsan, ruslarning qulisan! Og‘zingni ochma! O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, shuning uchun bizga kelgansan. Sen o‘z uyingda emassan, ishlashga kelgansan, ishingni qil!», deya haqorat qilganini xabar qilgan edik. Keyinroq o‘zbekistonlik yigit voqeaga izoh...

Agar migrant kasalxonada yoki mehmonxonada bo’lsa, joylashuvi haqida xabar beradimi?

1-sentabr kuni Moskvada migrantlar uchun yangi dastur ishga tushiriladi. Migrantlar oʻzlarining joylashuv maʼlumotlarini ilova orqali uzatishi majburiy bo‘ladi. Ammo migrant kasalxonaga yotqizilgan bo’lsa nima bo’ladi? Moskva viloyatidagi eksperiment doirasida kasalxonaga yotqizilgan yoki mehmonxonada yashayotgan migrantlar ilova orqali joylashuvi haqida xabar bermaydi, deb xabar bergan migratsiya xizmati. «Mehmonxonalar, sanatoriylar va...

Rossiyadagi hind migrantlar ham sudlana boshladi

Rossiya Federatsiyasining Tula viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda Kosaya Gora qishlog‘idagi yodgorlik majmuasi hududida xorijliklar beysbol o‘ynayotgani aks etgan video paydo bo‘lganidan keyin tergov boshladi. “Ommaviy axborot vositalari monitoringi chog‘ida Kosaya Gora qishlog‘idagi yodgorlik majmuasi hududida xorijliklar beysbol (yoki kriket) o‘ynayotgani haqida xabar topildi”, — deyiladi qo‘mita xabarida....

Pora olgan migratsiya agentligi xodimlari qo‘lga tushdi

Koreya davlatiga ishga yuborish bilan shug‘ullangan Migratsiya agentligi xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Davlat xavfsizlik xizmati tezkor tadbir o‘tkazib, Migratsiya agentligi xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Ma’lum bo‘lishicha, Namangan viloyati filiali bosh mutaxassisi xizmat vakolatidan foydalanib, bir guruh fuqarolarni aldagan. U Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan ulardan 41 ming...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya