Author Archive

Rossiya fuqaroligini olgan muhojirlar Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majburlanmoqda

Rossiya fuqaroligini olgan muhojirlar Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majburlanganidan shikoyat qilmoqda. Erkaklar bozorlar, qurilish maydonchalari, omborlar va oziq-ovqat xizmatlari ko‘rsatish shoxobchalarida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida qo‘lga olinadi, so‘ngra “voyenkomat”larda bosim o‘tkaziladi, deb yozadi “Sibir.Realii”. Huquqshunoslarning fikricha, bahorgi chaqiruv kampaniyasi boshlanishi bilan reydlar ommaviy va qonunbuzarliklar soni bo‘yicha misli ko‘rilmagan...

Ayrim migrantlar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Qonunchilik faoliyati boʻyicha hukumat komissiyasi Rossiya Federatsiyasiga kvota boʻyicha kelgan mehnat muhojirlarini rus tili imtihonidan ozod qiluvchi tuzatishlarni maʼqulladi, deb xabar bergan TASS. “Xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonunning 15 va 18-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish loyihasi Taʼlim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Hujjat hukumat tomonidan belgilangan kvota doirasida ishlash uchun...

Rossiya tomonida urushda qatnashgan 20 yoshli o‘zbekistonlik sudlandi

Qarshi shahrida yollanma askarlikda ayblanayotgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning fevral oyida yigit pul ishlash maqsadida Sankt-Peterburgga ketgan. U o‘sha yerda ishlagan, ammo ikki oy maoshini ololmay qarzga botib qolgan. Tanishlari orqali uni Mitishchi shahridagi harbiy qismga — haydovchi va oshpazlikka...

«O’zbeklar – o‘zimizning odamlar» – Aleksandr Lukashenko migrantlar haqida

Belarusning Gomel viloyatida o‘zbekistonlik migrantlar mehnat faoliyatini boshladi. Bu kolxozlarga migrantlar taklif etila boshlangan yangi tajribaning bir qismi. Prezident Aleksandr Lukashenko yaqinda ish qanday tashkil etilganini o’z ko’zi bilan ko’rish uchun keldi. Sayohat chog‘ida u o‘zbeklar “o‘zimizning odamlar” deb ta’kidlagan. U shuningdek, agar biror kishi kelib uy-joy olsa, davolanish,...

Tarvuzdan shirin suhbat yoxud adabiyotning kuchi

2015-yil iyul oyi o‘rtalarida chegaraga chiqib kelish uchun Moskvadan Qozog‘istonga borib keldik. Moskva-Qozog‘iston yo‘lida o‘zining «Neksiya» mashinasida doim qatnab kirakashlik qiladigan Rustam ismli do‘stim bor edi. Ikki jiyanim, kuyovim va men to‘rtovimiz Rustamning mashinasida “qaydasan, Astraxan” deya yo‘lga chiqdik. O‘sha vaqtlarda Qozog‘istonga borib keluvchilar, ularni olib borib olib keladigan...

Rossiya xorijlik talabalar ustidan nazoratni kuchaytiradi

Endilikda, agar boshqa davlatdan kelgan talaba o‘qishni tugatsa yoki oliy o‘quv yurtidan haydalsa va uning mamlakatda qolish uchun boshqa asoslari bo‘lmasa, u maxsus ro‘yxatga – nazorat qilinadigan shaxslar reestriga kiritilishi mumkin. Bu haqda politsiya polkovnigi, Rossiya Ichki ishlar vazirligining viza va taklifnomalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Yelena Klimova ma’lum qildgan....

Chelyabinsk viloyatida politsiya ustidan sudga murojaat qilgan muhojirlar ko‘paydi

Viloyatdagi tuman va shahar sudlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, migrantlar Rossiyaga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror, boshqalari ishlash uchun ruxsatnomaning bekor qilinishi, yana bir qismi esa boshqa qarorlardan norozi bo‘lgan. Ba’zi da’volar arizachilarga qaytarilgan, ro’yxatga olingan da’volarning bir qismi esa chet elliklarga rad etildi. Boshqalar uchun qarorlar hali qabul qilinmagan. Sudlarning...

Tyumenda muhojirlar rus tilidan imtihon topshirishga qiynalmoqda

Tyumenda muhojirlarning uchdan biridan ko‘prog‘i birinchi urinishda rus tili imtihonidan o‘ta olmayapti. Garchi migrantlarda istak bo‘lsa-da, til o‘rganish oson bo‘lmayapti. O‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab Rossiyaga kelgan barcha migrantlar imtihon topshirishlari shart. U uch qismdan iborat: rus tili, rus tarixi va qonunlari. Ushbu imtihonsiz patent, ishlash yoki yashash uchun...

Lukashenko: Belarus mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyor

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ishchi kuchi yetishmasligi, bu muammoni hal qilish uchun boshqa davlatlardan ham odamlarni ishga taklif qilish zarurligini aytdi. Mahalliy hukumatning yangi rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida u dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi Belarusda ham mehnat resurslari kam ekanini aytgan. Uning so’zlariga ko’ra, vaziyat hozircha unchalik og’ir...

Rossiya Federatsiyasida migrantlarning rus tilini bilishi haqidagi bir necha ming sertifikatlari bekor qilindi

2024-yilda migrantlar uchun rus tilini bilish haqidagi 9 mingdan ortiq sertifikatlar bekor qilindi. Bu haqda Rosobrnadzor rahbari Anzor Muzayev Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumi sessiyasida ma’lum qildi. Bundan tashqari, qonunchilikka kiritilgan o’zgartirishlardan so’ng bunday huquqbuzarliklar soni uch baravar kamaydi. «Ichki ishlar vazirligi tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar soni qariyb 3 baravar kamaydi....
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya