Turkum: Россия хабарлари

Moskvada o‘nlab o‘zbekistonliklar aeroportdan kiritilmay, urushga borishga targ‘ib qilinmoqda

Markaziy Osiyo davlatlarining fuqarolari Rossiyaga kiritilmaslik holatlari davom etmoqda. 10 avgust kuni Migrant.uz muxbiri Urganchdan Moskvaning Sheremetyevo aeroportiga qo‘ngach, chegaradan kiritilmagan hamyurtimiz Dostonbek S. bilan suhbatlashdi. Suhbatdoshimizning ta’kidlashicha, aeroportning neytral hududiga har kuni Rossiyaga kiritilmagan yuzlab muhojirlar kelmoqda. Dostonbek 10 avgust kuni Urganchdan Moskvaga Aeroflot aviakompaniyasi samolyotida uchib kelgan,...

Peterburgda bo‘lgan yong‘inda ikki o‘zbekistonlik kuyib qoldi

11-avgust erta tongida Sankt-Peterburgning 5-Predportoviy o‘tar yo‘lida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Ombor binosida ro‘y bergan yong‘in natijasida ikki O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Yong‘in ikki soat ichida o‘chirilib, jabrlanganlar og‘ir ahvolda Djanelidze nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga olib borilgan. O‘zbekistonliklardan birining jarohatlari juda og‘ir ekani aytilmoqda. Unda uchinchi darajali kuyish qayd...

Voronejdagi fojia: kranning qulashi ishchilarning o’limiga olib keldi

Bugun soat 10:35 da Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Voronejning Voroshilov ko‘chasida qurilayotgan bino yonida Ichida ishchilar bo‘lgan minora kranining ko‘taruvchi platformasi qulagani haqida xabar kelib tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, falokat oqibatida uch nafar ishchi jabrlangan: ulardan ikki nafari halok bo‘lgan, biri og‘ir tan jarohati olgan. Qutqaruv ishlari jabrlanganlar 18-qavat...

O‘zbek jamiyati rahbari ijtimoiy tarmoqdagi posti uchun 4 yilga qamaldi

Moskva oblasti Stupino shahar sudi “Vatandosh” o‘zbeklar jamiyati prezidenti Usmon Baratovni nafrat uyg‘otishda ayblanib (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 282-moddasi 2-qismi) to‘rt yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Ish Baratovning “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi “Xo‘rozlarni frontdan qaytaringlar, aks holda tuxum yo‘q!” degan yozuvli posti tufayli qo‘zg‘atilgan. 2023-yil dekabr oyida nashr etilgan...

Odintsovo politsiyasida ushlab turilgan o‘zbekistonliklar. Ishga elchixona aralashdi

Joriy yilning 7-avgust kuni saytimizda “Odintsovo politsiyasida ushlab turilgan o‘zbekistonliklarga kim yordam beradi?” sarlavhali material e’lon qilgan edik. Unda Rossiyadagi bir necha o‘zbekistonlik migrantlarning to‘rt kundan buyon politsiya bo‘limida qolib ketayotganini aytilgan edi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi munosabat bildirdi. “Vaziyatga aniqliq kiritish maqsadida 2024-yil 8-avgustda elchixonaning konsullik...

Terrorizmga qarshi operatsiya (КTO) rejimi holatida migrantlar uchun maslahat

Agar siz KTO rejimi bo‘lgan hududda bo‘lsangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qiling: KTO hududini imkon qadar tezroq tark eting Bu ehtimoliy xavfarni kamaytiradi va og‘ir vaziyatlarga tushib qolishdan saqlaydi. Qonunlar va qoidalarga rioya qiling Rasmiylar tomonidan o’rnatilgan barcha ko’rsatmalar va cheklovlarga qat’iy rioya qiling. Bu huquqni muhofaza qilish organlari bilan...

Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida KTO rejimi joriy etildi. Bu nima degani?

9-avgustdan 10-avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh uchta oblastida aksilterror operatsiyasi (KTO) rejimi joriy etildi. Gap Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlari haqida bormoqda. KTO rejimi nima va u qanday cheklovlarni nazarda tutadi? KTO aksilterror operatsiyasi  – bu Rossiyada terroristik hujumning oldini olish yoki uning oqibatlarini minimallashtirish uchun muayyan...

Kuryerlar tanqisligi: Rossiya muhojirlarning ketishi oqibatlarini his qilmoqda

Rossiyada, migrantlarning ommaviy deportatsiyasi fonida, kuryerlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.  2024-yil martida butun mamlakat bo’ylab taxminan 140 ming kuryer yetishmagan va yil oxiriga kelib bu tanqislik 300 minggacha oshishi mumkin, deb yozadi “Kommersant” nashri, “Restomania” kuryerlik xizmatiga tayanib. Kadrlar yetishmovchiligi tufayli kompaniyalar yetkazib berish hududlarini qisqartirish, shoshilinch buyurtmalarni bekor qilish, uzoq...

Moskvada muhojirlar yashaydigan yotoqxonaga bostirib kirildi

Moskva Tergov qo’mitasining xabar berishicha, mahalliy aholi mehmonxonada migratsiya qonunlari buzilayotgani haqida shikoyat qilgach, yotoqxonada tekshiruv o’tkazilgan va 391 nafar muhojir ushlanib, politsiya bo’limiga olib ketilgan. Tekshiruv ekstremistik uyushma tashkil etish faktlari bo’yicha qo’zg’atilgan jinoiy ish doirasida o’tkazilgani ma’lum qilinmoqda. Biroq yotoqxonadagi yashovchilarning aynan qaysi xatti-harakati eskremistik belgilarga ega...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya