Turkum: Россия хабарлари

Balaxnada muhojir tomdan qulab vafot etdi

Nijniy Novgorod oblastining Balaxna shahrida migrant qurilish maydonchasida tomdan qulab vafot etdi, bu esa Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ldi. Huquq-tartibot organlaridagi manbaga ko‘ra, voqea 31-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. 43 yoshli erkak “40 let Pionerskoy organizasii” ko‘chasida tomni ta’mirlayotgan bo‘lgan. U ishlayotgan vaqtida muvozanatni yo‘qotib, balandlikdan qulagan....

Ryazanda o‘zbekistonlik fuqaro qotillikda gumon qilinmoqda

Ryazanda 3-noyabr kuni Timakov ko‘chasidagi kvartirada boshidan jiddiy jarohat olgan mahalliy fuqaroning jasadi topildi. Rossiya Tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi (SU SKR) darhol Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasiga asoslanib, qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda marhum va uning o‘zbekistonlik tanishi birga  spirtli ichimlik ichgan....

Yangi cheklovlar: Saratovda muhojirlarga kuryerlik ham taqiqlanadi

Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin 2025-yil 1-yanvardan kuryerlik xizmatiga xorijlik mehnat muhojirlarni jalb qilish taqiqlanishini ma’lum qildi. Taqiq shuningdek, jamoat transporti, taksi va umumiy ovqatlanish sohasida ishlaydigan migrantlar uchun mavjud cheklovlarni ham uzaytiradi. Bu haqda oblast hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Avvalroq, 2024-yilning mayidan dekabrigacha viloyatda migrantlarning jamoat transporti,...

Rossiyada Koksaki virusi tarqalishi holatlari haqida xabar berilmoqda

Rossiyada Koksaki virusining tarqalishiga Turkiyada dam olib qaytganlar sababchi deb gumon qilinmoqda. Chunki aynan shu virus Turkiyaning Belek shahrida qayd qilingan, deb yozadi Gazeta.ru sayti. Biroq, mazkur virus davriy ravishda Rossiya aholisi orasida ham aniqlanib turadi, shuning uchun bu safargi holat xorijiy sayohatlar bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin, deb...

Yollanma askar bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sud 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Alisher Xoliqovni Rossiya tomonidan Ukraina hududida olib borilayotgan harbiy harakatlarda qatnashgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sudlanuvchining aytishicha, advokat unga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishni taklif qilgan. 51 yoshli o‘zbekistonlik drondan tashlangan snaryad portlashi natijasida jarohat olgan, deb yozadi “Gazeta.uz” nashri. Farg‘ona...

Rossiya va Shimoliy Koreya hamkorligidan taraflar qanday manfaat topadi?

O‘q-dori yetkazish va Rossiya-Ukraina urushiga qo‘shin yuborish evaziga Shimoliy Koreya Rossiyadan yiliga 600−700 tonna guruch va kosmik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini oladi, deb yozgan “Korea Herald” gazetasi. Shuningdek, Koreya yarim orolidagi ehtimoliy urushda Moskva Pxenyanga yordam berishi mumkin. “Korea Herald” gazetasi Janubiy Koreyaning Rossiyadagi sobiq elchisining so‘zlariga tayanib, o‘q-dorilar yetkazib...

O‘zbekiston rus tili mavqeini oshirishga oid shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Bunga doir qonun mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda “UZ24” nashri. Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni tuzish taklifi 2022-yil oktyabr oyida Ostonada o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tomonidan bildirilgandi. Mazkur taklifga...

Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (РВП) va doimiy yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ) olish shartlari o’zgardi

2025-yil 25-yanvardan boshlab, «РВП» olish uchun Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan nikohdan ro’yxatdan o’tishning o’zi kifoya qilmaydi. Bu haqda GUVN IIV o’zining rasmiy Telegram sahifasida ma’lum qildi. Qonundagi so’nggi o’zgarishlarga ko’ra, “РВП” olish uchun «ЗАГС»dan o’tilganiga uch yil to’lgan bo’lishi kerak yoki nikohda tug’ilgan umumiy farzand bo’lishi zarur. «РВП» olmay...

«Kerak bo‘lsa, 10 yilga kirishni cheklanglar! Tupurdim!»

— Olinglar fuqarolikni!!! Tamom!!! — Lekin siz Rossiyada yashashni xohlagan edingiz-ku! — Hammasi tugadi. Endi xohlamayman! SHOT ma’lumotiga ko‘ra, bu voqea Tomsk migratsiya bo‘limida sodir bo‘lgan. U yerga 30 yoshli Mahmudjon Mabubzoda olib kelingan, u 28-avgust kuni Rossiya fuqarosi qasamyodini qabul qilgan va ikki hafta ichida askarlikka ro‘yxatdan o‘tishi...

Endi Rossiya deputatlari qonuniy migratsiya bilan kurashmoqchi

«Госдума» seshanba kuni «migratsiya paketi» doirasida to’rtta qonunni ikkinchi va yakuniy uchinchi o’qishda qabul qildi, deb yozmoqda «Коммерсант» nashri. Rossiya deputatlari noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jazoni kuchaytirish va jinoyat sodir etgan noqonuniy migrantlar uchun javobgarlikni og’irlashtiruvchi qonunlarni qabul qildi. Shuningdek, soxta va noqonuniy migratsiya xizmatlari reklamasini ma’n etuvchi...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya