Bezorilar taksichi muhojirlarni o‘g‘irlab, qiynoqqa solgani politsiya e’tiboriga tushdi
Moskva oblastida uch nafar bezori taksi haydovchisi bo‘lib ishlayotgan ikki muhojirni o‘g‘irlab, qiynoqqa solgan. 21-iyul kuni kechqurun jinoyatchilar Odintsovo shahridagi “Rojnovka” fermer xo‘jaligi yaqinida ikki haydovchiga hujum qilgan. Ularni kaltaklab, pichoq bilan qo‘rqitib majburan mashinaga o’tkazishgan. Bezorilar muhojirlarni tashlandiq binoga olib borib, pul talab qilgan va kaltaklashda davom etgan....