Turkum: Россия хабарлари

Moskvada avtobus nazoratchilari muhojir kuryer ayolga qo‘pol muomala qildi

Videoda nazoratchilar ayoldan hujjat so‘rayotgani, kuryer ayol esa hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortayotgani aks etgan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat iyun oyining oxirida Moskvaning 699- raqamli avtobusida ro‘y bergan. Nazoratchilar kundalik tekshiruv vaqtida avtobusda chipta xarid qilmay ketayotgan yo‘lovchilarni uchratgan. Ularning bir nechtasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Nazoratchilar tekshirish uchun avtobusga chiqqanidan...

Asr jangi: muhojirlar, deputat va boshga urilgan sirli zarba

Samara oblastida muhojirlar deputat Mixail Matveyevni urib, boshini yordi. Tergov qo‘mitasi bezorilik aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Hodisa ishtirokchilari shaxsi aniqlangan. Deputat Matveyevning iddaosicha, u yo‘lda ketayotib, o‘tgan-ketganga tegayotgan muhojirlarni ko‘rgan. Natijada ularni to‘xtatib, odamlarga tegmaslikni tushuntirmoqchi bo‘lgan. Biroq mashinadan tushib, deputatlik guvohnomasini ko‘rsatishi bilan boshiga zarba kelib tushgan....

Yetti yashar jiyanini o‘ldirgan amma jazolandi

Joriy yilning mart oyida ota-onasi chet elga ishga ketgan norasida qizaloqning o‘z ammasi tomonidan urib o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudida Jinoyat kodeksining 104-moddasida (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan ayolga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga 5,5 yil muddatga...

Ukrainada Rossiya uchun jang qilishni rejalashtirgan shaxsning ozodligi 3 yilga cheklandi

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan mahalliy fuqaroga nisbatan uch yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Ayblanuvchiga nisbatan hukm 24-iyun kuni chiqarilgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun ketgan, u yerda Ukrainaga qarshi harbiy amaliyotlarda qatnashish uchun Rossiya Qurolli...

Rossiya kompaniyalari Afrikadan ishchi izlashga kirishdi

Ukrainadagi urush tufayli kuchayib borayotgan ishchi kuchi tanqisligi va Markaziy Osiyoliklanring deportatsiya fonida rus kompaniyalari Afrika mamlakatlarida ishchilarni ommaviy ravishda izlay boshladi. 2024-yilning birinchi yarmida “qora qit’a” vakillari uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘n baravarga oshdi, deb yozadi “РБК” hh.ru rekruting xizmati ma’lumotlariga tayanib. Rossiya kompaniyalari tomonidan bo’sh ish...

Ukrainaga qarshi jang qilmoqchi bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

Kun.uz xabariga ko‘ra, Namangan viloyatining Pop tumanida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan G‘olib Aliyev 2016-yilda ishlash uchun Rossiyaga ketgan. U o‘sha yili Rossiyada qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyatni sodir qilgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan hamda Tambov oblastidagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan. 2022-yil sentyabr oyida Rossiyadagi qamoqxonada jazo...

Migrantlar ommaviy ravishda shaurmadan zaharlandi

Moskvada migrantlar shaurma yegach, ommaviy ravishda zaharlandi. Muhojirlarning barchasi “Dmitrovskoe shosse” ko‘chasidagi savdo nuqtasida shaurma xarid qilib, tanovvul qilishgan. Moskva shimolidagi “Okey” yotoqxonasida yashagan muhojirlar o‘zlarini yomon his qilishni boshlagach, zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mash telegram kanalining xabariga ko‘ra, zaharlanganlar soni kamida 15 kishini tashkil etadi. Avval ularning yetti...

Rossiyada xorij raqamli mashinani haydayotgan muhojirlar jarimalarni qanday bilib olishi mumkin?

Rossiyada oʻz avtomobilini boshqarayotgan koʻplab muhojirlar to‘lanmagan jarimalar borligi haqida bevosita chegarada xabar topishadi. Chunki Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorij davlat raqamiga ega boʻlgan mashinalarning qoidabuzarligi bo‘yicha yoki xorij fuqarolariga jarima yubormaydi. Biroq, xorijliklar Rossiyadan chiqmay turib, mustaqil ravishda jarimalar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot olishlari mumkin. Jarimalarni “Chet el fuqarolari...

Qirg‘iz tilidagi reklama migrantofoblarni qo‘rqitdi

Yekaterinburgda migrantlar mavzusida yana bir janjal kelib chiqdi. Bu safar “tojik tilidagi banner o‘rnatilgani” journalist va mahalliy migrantofoblarni qo’rqitgan. “АН” nashri mualliflarining vahima bilan ta’kidlashicha, reklama banneri “Таганский Ряд” bozori yonidan topilgan. Biroq vahimali maqolaga ilova qilingan reklama rasmida bannerdagi yozuv tojik emas, balki qirg‘iz tilidagi ekanini ko‘rish mumkin....

Boshqirdistonda muhojirlar noqonuniy diniy maktab ochib, o’quvchilarni jismoniy jazolagani aniqlandi

Ufa shahrida Tojikistonning ikki fuqarosi madrasa ikki xonalik xonadonni ijaraga olib, u yerda madrasa ochgan. Ma’lum bo’lishicha, “madrasada” o‘quvchilar qizitilgan temir bilan tamg‘alangan, kaltaklangan va barmoqlari sindirilgan. Shunday jazoga tortilgach, qochishga erishgan bolalardan biri do’konga kelib, yordam so‘ragan. Qochib qutilgan bolakay madrasaning ichida nima bo’layotganini aytib bergan. Shundan so‘ng,...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya