Turkum: Россия хабарлари

«Нелегал – 2024» operatsiyasi tugadi, biroq reydlar davom etmoqda

Rossiya Ichki ishlar vazirligi 18-iyun kuni “Нелегал – 2024” operatsiyasi tugagani haqida rasmiy sahifalarida ma’lum qildi. Biroq Moskva va boshqa shaharlarda reydlar hali ham davom etmoqda. “Осторожно, Новости” telegram kanalining xabar berishicha, Moskvaning “Град Московский” mikrorayoni aholisi 19-iyun kuni erta tongdan “Московский совхоз” oldida politsiya mashinalari – avtozaklarni ko‘rishgan....

Hamyurtini pichoqlagan o‘zbekistonlik hibsga olindi

16-iyun, yakshanbaga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik 48 yoshli fuqaro qorin qismining teshilgan jarohati bilan Tosno kasalxonasiga yetkazilgan. Og‘ir ahvolda u reanimatsiyaga yotqizilgan. LenTV24 telekanalining xabariga ko‘ra, hodisa Fedorovskoye qishlog‘idagi Pochtovaya ko‘chasidagi ishlab chiqarish ob’yektida sodir bo‘lgan. Mojaro vaqtida 45 yoshli erkak hamyurtining qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Mazkur holat...

Cherkovda shamlarni o‘chirgan muhojir jinoiy javobgarlikka tortiladi

Moskvada cherkovga kirib, shamlarni o‘chirgan muhojir qo‘lga olindi. Unga nisbatan dindorlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilganlik moddasi bo‘yicha ish ochilgan. “Baza” telegram kanalining xabar berishicha,  Admiral Fyodor Ushakov nomidagi cherkovga 18-iyun kuni noma’lum shaxs kirib, u yerdagi shamlarni o‘chirib chiqqan, undan keyin bir ayolni turtib, chiqib ketgan. Uni videoga olinayotgani ham...

Muhojirlarning ommaviy deportatsiyasi va tojiklar uchun cheklovlar: Rossiyada nima bo‘lyapti?

Rossiya Davlat Dumasi polisiyaga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Rossiyadan ma’muriy ravishda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Ilgari bunday qarorlar chet ellik mamlakatga kirishda qonunni buzgan taqdirdagina sud yoki chegara xizmati tomonidan qabul qilinishi mumkin edi. TASSning aniqlik...

Rossiyada migrantlarning qanday huquqlari bor?

Mamlakatning barcha fuqarolari singari, migrantlar ham Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi va federal qonunchilikda mustahkamlangan muayyan huquq va majburiyatlarga ega. Migrantlarning asosiy huquqlariga quyidagilar kiradi: Yashash huquqi, sha’ni va qadr-qimmatini, shaxsiy hayoti va shaxsiy sirlarini himoya qilish; Rossiya hududida erkin harakatlanish, yashash va yashash joyini tanlash huquqi; Din erkinligi huquqi, diniy...

Politsiyachiga pora bergan migrantga jinoiy ish ochildi

Leningrad oblasti Kirov tumanida o‘zbekistonlik muhojir ma’muriy huquqbuzarligiga ko‘z yumishi uchun politsiyachiga 35 ming rubl miqdorida pora bermoqchi bo‘lgan.  Kirov tumani ma’muriyati matbuot xizmati muhojirga nisbatan pora bergani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Jinoyat uchun O‘zbekiston fuqarosi ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Migrant qo‘lga olinib, vaqtinchalik hibsxonada...

16-iyun, Yakshanba kuni Moskva shahri va Moskva viloyatlarida Qurbon hayiti namozi soat 07:00 da o‘qiladi

Moskva shahrida namoz quyidagi manzillarda o’tkaziladi: 🔺Московская Соборная мечеть Namoz vaqti 07.00 dan 08.00 gacha Manzil: м. “Проспект мира”, г. Москва, ул. Выползов пер. д.7 🔺Историческая мечеть Namoz vaqti 07.00 dan 08.00 gacha Manzil: м. “Новокузнецкая”, “Третьяковская”, г.Москва, ул. Большая Татарская ул. д.28, стр. 1 🔺Мемориальная мечеть «Шухада» Namoz...

Vladivostokda o‘zbekistonlik opa-singil qalloblikda ayblanmoqda

O‘zbekistonlik ikki opa-singil Vladivostokda noqonuniy migratsiya kanali tashkil qilgani uchun qo‘lga olindi. Ular migrantlarni qalbaki hujjatlar yordamida ro‘yxatga olish va pulevaziga rus ayollari bilan soxta nikoh tuzish bilan shug‘ullangan.  Ularning kvartirasida tintuv o‘tkazish chog‘ida qalbaki hujjatlar blankalari, shtamplar, 3,5 million rubldan ortiq pul va yarim kilogramm zargarlik buyumlari topilgan....

Moskva viloyatida reyd davomida 119 nafar muhojir qo‘lga olingan

Ulardan 14 nafari Rossiyadan chiqarib yuboriladi, qolganlari jarimaga tortiladi. Politsiya Leninskiy shahar tumanida migrantlarga qarshi reyd o‘tkazdi. Korobovodagi qurilish maydonida qo‘shni davlatlarning 119 nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Migratsiya qonunchiligini buzgan 85 kishiga protokollar tuzilgan, 14 nafar tashrifchi Rossiyadan chiqarib yuboriladi, qolganlari 5 ming rubl miqdorida jarimaga tortiladi. Leninskiy ma’muriyati...

Soxta pasport muhojirning boshiga balo bo‘ldi

Stavropolda ishlab yurgan muhojir 35 ming rublga Qirg‘izistonning soxta pasportini sotib olgan. Sog‘lig’i tufayli Neftekumsk tuman kasalxonasiga borganda uning pasporti u yerdagi xodimlarda shubha uyg‘otgan. Politsiya pasportning qalbaki ekanligini aniqlab, migrantga nisbatan jinoiy ish ochgan. Migrantning aytishicha, u pasportini bir necha yil ilgari yo‘qotib qo‘ygan va shu kungacha soxta...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya