Turkum: Ўзбекистон хабарлари

“Ayollarni, ayniqsa, qizlarni pul topish uchun chetga yubormang…” – Qozog‘istonda jinsiy qullikka tushgan o‘zbek ayoli hikoyasi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugun yarim million o‘zbekistonlik xotin-qizlar xorijda mehnat muhojirligida. Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Korea va Turkiya o‘zbek ayollarining ishlash uchun eng ko‘p ketayotgan davlatlari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda, ular asosan, xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlashmoqda. Ana shu jarayonda migrant ayollarning eng ko‘p duch kelayotgan muammolaridan biri jinsiy tajovuzga uchrashlaridir. Navbatdagi...

Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston hamkorligining 30 yilligi nishonlanmoqda

2024-yilda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Yevropa kuni doirasida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligini nishonlaydi. Ushbu muhim voqeani nishonlash maqsadida 2024-yil 18-may shanba kuni Toshkent Botanika bog‘ida yilning asosiy ommaviy tadbiri – “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligi”ga bag‘ishlangan ommaviy festival va konsert bo‘lib o‘tadi....

Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istondan deport qilindi

Migrantlarga reydlar butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgandek, go‘yo. Jumladan, Qozog‘istonda ham. Qo‘shni Qozog‘iston politsiyasining xabar berishicha, Satpayev shahrida o‘tkazilgan reyd davomida O‘zbekiston va Tojikistondan kelib ishlayotgan 6 nafar fuqaro aniqlanib, deport qilingan. “Xorij fuqarolari Satpayev shahrida kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmay ishlashayotgani aniqlangan. Ular ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishlariga qaramay, ishlashda davom etgan...

🔻 O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning uchdan bir qismi rossiyaliklar

So‘nggi to‘rt yilda rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga sayohatlari soni 10 barobardan ziyod oshdi, o‘zbekistonlik sayyohlarning Rossiyaga qiziqishi ham ortib bormoqda – o‘zaro sayyohlik oqimi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetdi, deb xabar qilgan Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi matbuot xizmati. “So‘nggi to‘rt yil ichida rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga sayohatlari soni 10 barobar ortib,...

AQSHga farzandlarni olib ketish qoidalari

Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga safar qiluvchilarning barchasi, yoshidan qat’i nazar, AQSHning amal qiluvchi vizasiga ega bo‘lishlari kerak. O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlarining farzandlari  14 yoshga to‘lmagan va O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan bolalardan suhbatdan o‘tish uchun elchixonaga shaxsan kelishlari talab qilinmaydi. Buning o‘rniga, ariza topshiruvchi ota-ona yoki qonuniy vasiy(lar) o‘zlari bilan suhbatga...

Hukumat qaroriga muvofiq gaz va elektr energiyasi narxlari oshmoqda

2024-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024-2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1 may sanasidan e’tiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi. Joriy yilning 1...

Rossiyadan 17 nafar qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bola qaytarib olib kelindi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bugun Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida olib borilgan ishlar natijasida Rossiya Federatsiyasida ota-ona nazoratisiz qolgan 17 nafar voyaga yetmaganlar O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar bermoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligining Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi tomonidan...

Surgutdan Farg‘onaga parvozlar tiklanmoqda

6-iyundan boshlab har payshanba kunlari Utair Surgutdan Farg‘onaga parvozlarni amalga oshiradi. Chiptalarni sotish aviakompaniya veb-saytida ochiq. Samolyot Surgutdan 22:10 da, Farg’onadan 03:20 da havoga ko‘tariladi. Parvoz 3 soat 40 minut davom etadi. – Farg‘ona Markaziy Osiyodagi asosiy sayyohlik yo‘nalishlaridan biri. Shuning uchun yozda UTairning bazaviy aeroporti bo’lgan Surgutdan to’g’ridan-to’g’ri...

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ta’ziya bildirdi

O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi 2024-yil 8-aprel kuni Samara viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Hodisa tufayli 66 yo‘lovchi bo‘lgan avtobusdagi ikki nafar hamyurtimiz halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi va tibbiyot muassasalariga joylashtirildi. Zarur yordam ko‘rsatish maqsadida...

⚠️ Migratsiya agentligi Rossiyaga borayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

Unda Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida 22-mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilayotgani aytilgan. “Shu munosabat bilan, Rossiyaga borayotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘raymiz. Xususan, shaxsni tasdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya