Turkum: Ўзбекистон хабарлари

Kaltaklab o‘ldirilgan qizaloq: “Onamga aytinglar, Rossiyaga ketmasin…”

Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumani 7 yoshli qiz ammasi tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklanishi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqadi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi xabariga ko‘ra, Bo‘ka tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga joriy yilning 12-mart kuni kech soat 20:00 larda voyaga yetmagan A.Chning ammasi I.N. tomonidan kaltaklangani natijasida shifoxonaga...

Noxush belgi: O‘zbekistonda tug‘ilish kamaya boshladi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida 137 457 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Bu 2023-yilning tegishli davriga (141 090) nisbatan 3 631 (2,6%) nafarga kam. O‘zbekistonda yillik tug‘ilish soni 2018-yildan buyon uzluksiz o‘sib kelayotgan edi. Teskari tendensiya muvaqqat chetlanishmi yoki yangi tendensiyaning boshlanishimi, xulosa chiqarishga ancha erta. Lekin ayrim trendlar bu...

Sharq sehri: belaruslar O‘zbekistonni kashf etishmoqda

Belarus fuqarolari dam olish uchun O‘zbekistonni ko‘proq tanlashmoqda Bu haqida BelTA agentligiga Belarus Sport va Turizm vazirligining turizm departamenti direktori Irina Voronovich ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, 2023-yili O‘zbekistonga belaruslik turistlar oqimi 3 barobar ko‘paygan. “Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda ishlayapmiz va 2024-yil uchun ham allaqachon rejalarni imzolaganmiz”, deydi Voronovich....

Yollanma askarlik uchun qattiq jazo belgilangan

Rossiyaning Buryatiya Respublikasidagi Xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida O‘zbekiston fuqarosi Maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etish istagini va Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzish niyatini bildirgan. Bu haqida Buryatiya bo‘yicha inson huquqlari ombudsmeni Yuliya Jambalova xabar bergan. Inson huquqlari ombudsmeni Buryatiyadagi xorijliklarni saqlash markaziga “Turon” nomli o‘zbeklar diasporasi rahbari bilan...

O‘zbekiston Prezidenti migrantlarning bolalarini qo‘llab-quvvatlash haqida gapirdi

Ota-onasi migratsiyada bo‘lgan bolalarga yordam tizimi takomillashtiriladi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20-fevral kuni Ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda ma’lum qildi. Yig‘ilishda ota-ona mehriga muhtoj bolalarga g‘amxo‘rlik masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, ota-onasi migratsiyada bo‘lgan, noqulay ijtimoiy muhitdagi oilalarda tarbiyalanayotgan, ruhiy-jismoniy rivojlanishida xususiyatlari...

Ona qo‘lga tushdi, jabrini bolalar tortmoqda…

O‘zbekistonlik ayol giyohvand moddalar savdosida ayblanmoqda. Rossiyaning Moskva viloyatida ishlab yurgan, asli qashqadaryolik ayol giyohvand modda savdosida gumonlanib, 4 oy oldin Qozon shahrida qo‘lga olingan. Holatning aniq tafsilotlari hozircha ma’lum emas. Ikki qizi bilan Qozon shahrida yashagan ayol ushlangach, qizlari qarovsiz qolgan. Ayolning tanishlari O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilib, qizlarning bobosi...

64 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonning Aqmola viloyatida evakuatsiya qilingan

Kazinformning xabar berishicha 15 fevral kuni “Astana-Chelyabinsk” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi «Jaqsi-Yesil-Buziliq» yo‘lidagi Jaqsi qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan. Jaqsi tumani qutqaruvchilari zudlik bilan chaqiruv joyiga yetib brogan va yo‘lda qolib ketgan 64 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni evakuatsiya qilgan, ulardan 17 nafari bolalar bo’lgan. Yo‘lovchilar Jaqsi qishlog‘idagi 1-sonli o‘rta maktabda joylashgan isinish...

Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasi ochiladi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda Rossiya konsulligini ochish bo‘yicha buyruq imzoladi. Hujjatda Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasini ochish va u yerda o‘z faoliyatini olib boruvchi xodimlar ro‘yxatini shakllantirish belgilangan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasining Samarqand shahrida Bosh konsulxonasini...

Uzbekistan Airways Россия шаҳарларига авиақатновларни кўпайтирмоқда

“Uzbekistan Airways” авиакомпанияси Фарғонадан Москванинг Внуково аэропортига душанба, чоршанба, жума ва якшанба кунлари, Намангандан Внуковога– сешанба, пайшанба ва шанба кунлари бориш-келиш парвозларини амалга оширади. Шунингдек, Фарғонадан Санкт-Петербургга шанба кунлари, Намангандан Санкт-Петербургга чоршанба кунлари борди-келди рейслари йўлга қўйилмоқда. Фарғонадан Новосибирскка қўшимча авиақатновлар душанба кунлари, Новосибирскдан Фарғонага эса – чоршанба кунлари,...

Қирғизистон Республикасига бориш учун қандай ҳужжатлар керак?

2023 йил октябр ойида Қирғизистон Республикаси ҳукумати Visa Run тизимини бекор қилиб, мамлакатга хорижликларнинг келиш ва кетиш тартибига ўзгартиришлар киритди. Киритилган ўзгаришлар бўйича Ўзбекистон фуқаролари учун ҳам Қирғизистонга бориб-келиш тартиби бир оз ўзгарган. Қирғиз ҳукуматининг мамлакатда хориж фуқароларини бўлиш ҳолати тўғрисидаги фармонига кўра, энди Ўзбекистон фуқаролари Қирғизистонда визасиз туристик...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya