Turkum: Жаҳон хабарлари

Krasnoyarskda politsiya to‘yda reyd o‘tkazdi: migrantlar mahbuslar kabi yurishga majbur etildi

Yemelyanovskiy tumanidagi Solontsi qishlog‘idagi ziyofat zalida to‘y o‘tkazayotgan muhojirlarda politsiya, FSB va Rossiya Milliy gvardiyasi xodimlarining o‘tkazgan keng ko‘lamli reydi norozilik uyg‘otdi. Mehmonlar tinchgina dam olib, bayram qilayotgan zalga qora kiyim kiygan polisiyachilar kirib keldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 620 dan ortiq shaxs, jumladan, 210 nafar chet el fuqarolari...

Rossiya Osiyodan yangi muhojirlar oqimi kelishi taxmin qilinmoqda.

Rossiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Sergey Katirin “Gazeta.Ru”ga bergan intervyusida yaqin kelajakda Vetnam, Nepal va Bangladeshdan Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi kuchayishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari uzoq muddatli shartnomalar asosida kelishga tayyor ishchilarning katta guruhlarini shakllantirish imkoniyatiga ega. Bunday yo‘nalishlar Rossiya uchun jozibador bo‘lsa-da, muhojirlarni yollash va...

Chechen tadbirkori migrantlar, taksi va moskvaliklar haqidagi gaplari uchun 15 sutkaga qamaldi

O‘tgan haftada chechen tadbirkori moskvaliklarning ishlashni istamasligi, migrantlar ketkazilsa o‘rniga kavkazlik sportchilar kelishi haqida aytgan so‘zlari tarqalib ketgan edi. Moskva sudi chechen tadbirkorini moskvaliklar, osiyoliklar va kavkazliklar haqida aytgan so‘zlari uchun hibsga oldi. Islom Amirxanov o‘shanda «endi ular sizni olib yurishadi! Moskvaliklar imkon qadar xushmuomala bo‘lishlari kerak», – deya...

Smolensk viloyatidan 137 nafar migrant deportatsiya qilindi

Yil boshidan buyon Smolensk viloyatidan migratsiya qonunchiligini buzgani uchun 137 nafar chet el fuqarosi majburan deportatsiya qilingan. Ularning barchasi sud qarori bilan jarima va ma’muriy deportatsiyaga hukm qilingan. Qoidabuzarlarning aksariyati Markaziy Osiyo davlatlari — Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Ozarbayjondan kelgan. Ular orasida Hindiston, Kuba, Gruziya, Pokiston va Shri-Lanka...

Toshkent va London mehnat muhojirlari huquqlarini birgalikda himoya qilish harakatida

O‘zbekiston elchixonasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev va Buyuk Britaniyaning Bandlik huquqi va ekspluatatsiyaga qarshi kurash boshqarmasi – Gangmasters and Labour Abuse Authority (GLAA) rahbari Eliza Makkaffri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi. GLAA Buyuk Britaniyaning davlat agentligi boʻlib, xususiy bandlik agentliklarini,...

Ukrainada qullikda saqlangan 13 o‘zbekistonlik qutqarildi

Ukraina ommaviy axborot vositalarida Kiyev viloyatidagi issiqxonalardan birida 13 nafar o‘zbekistonlik og‘ir ahvolda “qul” sifatida ishlatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi vakillari voqea joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, barcha fuqarolarning sog‘-salomatligi ta’minlangan, ular Kiyev viloyatidagi mahalliy shifoxonalardan birida zarur tibbiy ko‘rik va muolajalardan...

Yil boshidan beri Rossiyadan 35 mingga yaqin xorijlik deportatsiya qilingan

Federal sud ijrochilari xizmati (ФССП) matbuot xizmati ma’lumotlariga ko’ra, 2025-yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyadan 35 mingga yaqin xorijlik va fuqaroligi bo’lmagan shaxs deportatsiya qilingan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida, ya’ni 2024-yilning yanvaridan avgustigacha 55 mingga yaqin odam deportatsiya qilingan edi. Demak, bu yilgi raqam uchdan birga kamaygan. Boshqa...

Patent bekor bo‘ladimi?

Prezident Vladimir Putin Rossiyada mehnat muhojirlari uchun patent tizimini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish kerakligini aytdi. Bu haqda u Davlat Dumasidagi parlament fraksiyalari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi. «Migrantlar uchun patent tizimini bekor qilish haqida o‘ylab ko‘rish kerak. U keng qo‘llaniladi. Men hech narsani istisno qilmayman», – degan...

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik montajchi yiqilib halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgda 23 yoshli muhojir montajchi Dobrolyubov prospektida ishlayotgan vaqtida havoza (“lesa”)dan qulab tushdi. Kompaniya va erkak o’rtasida hech qanday mehnat shartnomasi bo’lmagan. 16-sentabr, seshanba kuni 23 yoshli xorijlik ishchi Dobrolyubov prospektida Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Rossiya Oliy sudi sud departamenti binolari qurilishi chog‘ida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda...

Chet ellik talabalar Rossiyada ishlashi mumkinmi?

Akkreditatsiya qilingan ta’lim dasturida kunduzgi ta’lim bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar bo‘sh vaqtlarida ishlash uchun ruxsatnoma yoki patentsiz ishlashi mumkin, ish beruvchilar esa chet ellik talabalarni ruxsatnomasiz jalb qilish va ishga joylashtirish huquqiga ega. Agar chet el fuqarosi ta’lim muassasasida o‘qishni tugatsa yoki to‘xtatsa, bunday fuqaro bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya