Turkum: Жаҳон хабарлари

Rossiyada chet el fuqarolari bilan soxta nikohlar tuzilishiga qarshi qonun loyihasi qabul qilindi

Rossiya parlamenti — “Государственная Дума” migrantlarning rossiyaliklar bilan tuzadigan soxta nikohlariga qarshi kurashishga qaratilgan qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun hali kuchga kirmagan. Qonunni Federatsiya Kengashi ma’qullamagan va Rossiya prezidenti imzolamagan. Ammo, bu jarayon tez orada sodir bo‘lishini inobatga olib, qonun haqidagi ma’lum tafsilotlarni keltiramiz. Rossiya parlamentning quyi...

Mehnat shartnomalarisiz migratsiya: Rossiyadagi muhojirlarning 10 foizi noqonuniy ishlaydi

Hozirda Rossiyada 6 million 174 ming xorijiy fuqarolar bor, deydi Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy «Коммерсант» nashriga bergan intervyusida. ▪️ 2024-yil boshidan buyon Rossiyaga deyarli 7,5 million nafar xorijlik fuqarolar kirib kelib, 6,8 million muhojir chiqib ketgan. ▪️ Noqonuniy migratsiya kamaygan. So‘nggi 4-5 yil davomida Rossiyadagi...

Irkutsk va Omskda migrantlarga bir qator sohalarda ishlash taqiqlanmoqda

Irkutsk viloyatida migrantlarga taksi, savdo va ta’lim sohalarida ishlash taqiqlandi. Taqiq haqida qarorni viloyat gubernatori Igor Kobzev imzoladi, deb xabar bermoqda «Сибирский экспресс» nashri. Shuningdek, Irkutsk viloyatida xorijiy fuqarolarga transport sohasida, dorilar ishlab chiqarishda ishlash, o‘rmon mahsulotlarini sotish va o‘rmonchilik bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Taqiq 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kirishi xabar...

Moskvada sovuq, qor, reydlar… Migrantlarning holi ne kechdi?

Moskvada havo harorati 7 darajaga tushdi, qor, yomg‘ir va ba’zan sovuq shamol esishidan tashqari, dilni quvontiradigan yangiliklar ham ko‘p emas. Dollar kursi oshmoqda, axborot olamida vahimali yangiliklar ko‘payib ketgan. Telegram kanallar migrantlarga uyushtirilayotgan reydlar haqidagi xabarlar bilan to‘la. Jamiyatda taranglik sezilmoqda. Migrantlar soni kun sayin kamayishda davom etyapti. Shunday...

Mehnat vazirligi migrantlarning Rossiyaga erkin kirishini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Mehnat vazirligi rahbari Anton Kotyakov «Ведомости«ga bergan intervyusida migrantlarni ishga olib kelish uyushgan holda bo‘lishi kerakligi, nazoratsiz kirish noto’g’ri ekanligini ma’lum qilgan. Kotyakovning so’zlariga ko’ra, ish patenti kabi vosita qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Mehnat vazirligi va Ichki ishlar vazirligi birgalikda chet ellik ishchilarni tashkiliy ravishda jalb qilish variantini...

Rossiya qamoqxonalaridagi Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari Ukrainadagi urushga borishga majburlanmoqda

Rossiya koloniyasida yetti yillik muddatini oʻtayotgan 32 yoshli tojikistonlik Jovid jurnalistlarga murojaat qilib, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari qamoqxonada qanday holatga duch kelayotganini aytib bergan. Jovidning soʻzlariga koʻra, koloniya maʼmuriyati uni va boshqa Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarini Rossiya fuqaroligini qabul qilishga va urushga borish uchun kontrakt tuzishga majburlamoqda, deb yozadi...

Litva xavfsizlik departamenti rahbari markaziy osiyoliklar ko‘payganidan xavotirda, Bosh vazir bu fikrga qo‘shilmaydi

Bu kabi xavotirli xabarlarni Litvaning turli OAVlarida kuzatish mumkin. Jumladan, Davlat xavfsizlik departamenti (DXD) rahbari Daryus Yaunishkis LNK telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar sonining ko‘payganidan xavotir bildirgan. «Biz 2021-yildan boshlab Markaziy Osiyodan muhojirlar oqimining 14 baravarga oshganini kuzatmoqdamiz. Bu mintaqadan kelayotgan musulmon aholi radikallashuvga moyilligi tufayli...

Qish yaqinlashmoqda: isitgichlardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

Rossiyada havo sovib bormoqda. Shu sababli pechkalar va elektroisitgichlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga e’tibor qaratish vaqti keldi. Bu juda muhim. Chunki qish kelishi bilan ommaviy axborot vositalarida migrantlar xavfli isitish uskunalaridan foydalanishi natijasida yong‘inlar ro‘y bergani va musofirlar halok bo‘lgani haqida dahshatli xabarlar paydo bo‘ladi. Bu fojialar asosan xostellarda, qurilish...

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli jinoyatchilarning millatiga urg‘u bermaslikka chaqirdi

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusuf Qobuljonov Primorye OAVlarida jinoyatchilarning millatiga urg‘u berilishidan norozilik bildirdi. U jurnalistlarni qonunbuzarlarning millatini emas, balki fuqaroligini ko‘rsatishga chaqirdi, deb yozadi «Mk.ru Vladivostok» nashri. Internetda namoyish qilingan videoda Yusuf Qobuljonov Rossiyada o‘zbeklar tomonidan sodir etilgan ko‘plab jinoyatlar aslida boshqa davlatlar fuqarolari tomonidan sodir etilishini, biroq...

Moskvadagi ayrim ko‘chalar 12 va 13-oktyabr kunlari yopiladi

12- va 13-oktyabr kunlari «Moskva marafoni» bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Lujnetskaya naberejnaya, Frunzenskaya naberejnaya, Kotelnicheskaya naberejnaya, Chistoprudniy bulvar, Tverskaya va Moxovaya ko‘chalari yopilishi e’lon qilindi. Aniq tasavvur va tushunchani rasmdagi marafon xaritasidan olish mumkin. 12- va 13-oktyabr kunlari imkon qadar sanab o‘tilgan ko‘chalarga mashinada va umuman, shahar markaziga bormay...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya