Ishga yuborish kampaniyabozlikka aylandimi?
Migrant.uz tahririyatiga O‘zbekistondagi mas’ullar (mahalla, hokimliklar) ham Rossiyaga va boshqa davlatlarga o‘z hududidagi aholidan ishchi yuborish bo‘yicha topshiriq olayotgani haqida xabarlar keldi. Ha, xato o‘qimadingiz — aynan topshiriq.Tahririyatga kelgan audio xabarlarda mahalla raislariga Rossiyada qurilish sohasida ishlash uchun ishchilarni yig’ish topshirig’i berilganini eshitish mumkin. Mazkur holat bo‘yicha muhojirlarning fikrlari...