O‘zbekiston Prezidenti migrantlarning bolalarini qo‘llab-quvvatlash haqida gapirdi
Ota-onasi migratsiyada bo‘lgan bolalarga yordam tizimi takomillashtiriladi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20-fevral kuni Ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda ma’lum qildi. Yig‘ilishda ota-ona mehriga muhtoj bolalarga g‘amxo‘rlik masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, ota-onasi migratsiyada bo‘lgan, noqulay ijtimoiy muhitdagi oilalarda tarbiyalanayotgan, ruhiy-jismoniy rivojlanishida xususiyatlari...