Turkum: Хабарлар

Migrantlar harbiy shartnomalar imzolasa, politsiya xodimlari mukofotlanadi

Kirov viloyati politsiyachilariga Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan har bir qo‘lga olingan shaxs uchun 10 ming rubl va’da qilinmoqda, deb yozadi Baza telegram kanali o’z manbalariga tayanib. Baza maʼlumotlariga koʻra, butun Rossiya boʻylab politsiya xodimlariga mahbuslar bilan suhbat oʻtkazish va ularni urushga borishni taklif qilish tavsiya etilgan. Shu bilan...

1-sentabrdan boshlab taksilar yangi qoidalar asosida ishlaydi

Endi barcha haydovchilar “ОСАГО” polisidan tashqari, «ОСГОП» polisini – ya’ni haydovchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasini ham sotib olishlari kerak bo’ladi. YTH holatida taksida bo’lgan yo’lovchi «ОСГОП» bo’yicha 2 million rublgacha to’lov olishi mumkin bo’ladi. «ОСГОП» polisi odatiy “ОСАГО” polisidan taxminan olti baravar qimmat. Asosiy muammo shundaki, yo’lovchi avtohalokatdan keyin...

AQSh elchixonasiga viza uchun suhbatga kirmoqchi bo‘lganlarga muhim eslatma!

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining rasmiy sahifalari viza uchun suhbatga kelishdan avval konsullik saytida ro‘yxatdan o‘tish kerakligini eslatmoqda. Ro’yxatdan o’tmagan murojaatchilar suhbat kuni AQSh Elchixonasiga kiritilmaydi. Barcha immigratsion viza murojaatchilari, belgilangan suhbat kuniga qadar bizning yangi tizimda ro’yxatdan o’tishlari zarur, deyiladi rasmiy sahifada. AQShga borish uchun viza rasmiylashtirishda Amerikaning Toshkentdagi...

Braziliya AQSh va Kanadaga ketayotgan osiyolik muhojirlar uchun kirishni cheklamoqda

Braziliya Adliya vazirligi mamlakatdan boshpana so‘rab, so‘ngra AQSh va Kanadaga ko‘chib o‘tishga uringan ba’zi osiyolik muhojirlarga kirishga cheklovlar qo‘yganini e’lon qildi. Dushanbadan boshlab Braziliyada qolish uchun vizaga muhtoj boʻlgan muhojirlarning kirishi cheklanadi. Bunga sabab migrantlar shimolga sayohatlarini davom ettirish uchun San-Paulu aeroportiga ko’chib o’tgandan keyin Braziliyada qolish holatlari bo’lgan....

Banklarning soxta ilovalaridan foydalanmang!

Tinkoffning soxta ilovasi “iOS” uchun bepul dasturlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqdi. Firibgarlik ilovasi “T-Bank Wishlist Tracker” deb nomlanadi. 20-avgust holatiga ko‘ra, u eng mashhur bepul dasturlar ro‘yxatida 15-o‘rinni egallab turibdi. Sanksiyalar boshlanganidan buyon Tinkoff, Sber, Alfa, VTB kabi banklarning ilovalari “App Store”, “Google Play”, “Galaxy store” va boshqa onlayn...

O‘zbekistonlik o‘smir AQSHda avtohalokat tufayli halok bo‘ldi

O‘zbekistonlik Umidjon Jo‘rayev Nyu-Yorkda avtomobil bilan to‘qnashib halok bo‘ldi. Voqea dushanba kuni Bruklinning Kensington mavzesida ro‘y bergan. Umidjon Jon Dyui o‘rta maktabining 3-kursida o‘qigan. U dushanba kuni ikki do‘sti bilan yangi skuterini minib ketayotganida furgonga urilib ketgan. Jo‘rayevning do‘stlaridan biri tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib ketilgan bo‘lsa, boshqasiga yengil...

Rossiya TIV: MDH doirasida viza rejimi kiritilishi haqida gap-so’z yo’q

MDH hududida, jumladan Rossiya va Hamdo‘stlikning boshqa mamlakatlari o‘rtasida ham viza rejimini kuchaytirish yoki yumshatish bo‘yicha muzokaralar hozirda olib borilmayapti. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamenti direktori Mikael Agasandyan RIA-Novostiga ma’lum qildi. «MDH hududida (Turkmanistondan tashqari) vizasiz rejim amal qilib, u ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar...

⚡️ Qirg’iziston banki Rossiyadan o’tkazmalar bo’yicha xizmat ko’rsatishni to’xtatmoqda

Qirg’izistonning yirik banklaridan biri “MBank” sanksiyalar ostidagi Rossiya banklari orqali pul o’tkazmalari bo’yicha xizmat ko’rsatishni to’xtatdi. “Sberbank, Tinkoff va MTS kabi Rossiya banklari orqali pul o’tkazmalari bo’yicha xizmatlar yuborilish va qabul qilish ikki tomonlama noma’lum muddatga to’xtatildi”, deyiladi bank bayonotida. Shuningdek, “MBank” pul o’tkazmalari bo’yicha sanksiyaga tushmagan banklar orqali...

⚡️ Kvotasiz “РВП” berish haqidagi farmon MDH mamlakatlari fuqarolariga tegishli emas

2024-yil 19-avgustda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “Rossiyaning an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarga gumanitar yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi №702-sonli Farmoni e’lon qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq, Rossiyaning an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga zid bo‘lgan vayronkor neoliberal mafkuraviy qarashlarni ma’jburiy tarzda amalga oshiradigan davlatlar fuqarolari kvotadan tashqari vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini olish huquqiga ega bo‘ladilar. Farmonning 4-bandiga...

📢 Xabarovskda o‘zbekistonliklarni terrorchilikka jalb qilishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Xabarovskda o‘zbekistonliklarni terrorchilik faoliyatiga jalb qilishda gumon qilingan xorij fuqarosi qo‘lga olindi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovsk o‘lkasi xodimlari O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilik tashkilotiga tayyorgarlikdan o‘tkazish va ular safida qatnashishga jalb qilgan shaxsni qo‘lga oldi. Departament matbuot xizmati xabar berishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari materiallari asosida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya