“Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 30 dan ortiq muhojir mamlakatdan chiqarib yuborildi

Oltoy o‘lkasi politsiyasi noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish maqsadida reyd o‘tkazdi. “Nelegal-2025” operatsiyasi doirasida 100 ga yaqin xorijlik tekshiruvdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV matbuot xizmati. Kulunda tumanida vaxtaga qatnovchi olti avtobus ko‘rikdan o‘tkazildi. Yo‘lovchilar orasida politsiya Rossiyada noqonuniy yashayotgan 33 nafar muhojirni aniqladi. Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi....








