Turkum: Хабарлар

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin politsiyaga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni deportatsiya (выдворение) qilish huquqini beruvchi qonunni imzoladi

Qonun hujjati rasman e’lon qilindi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday vakolatlar faqat sudyalar va chegarachilarda mavjud edi. Qonunda muhojirlarni majburiy chiqarib yuborish IIB rahbari, IIB hududiy organi rahbari, FXX(Federal xavfsizlik xizmati) rahbari, chegara xizmati rahbari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilingan qaror asosida 48 soatdan kechikmay amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek,...

Yekaterinburgda “drujinachilar” meva va sabzavot savdosi bilan shug‘ullanuvchi muhojirlarga qarshi reyd o‘tkazib, ularning mahsulotini talon-taroj qilgan

Tarmoqlarda tarqatilgan videolarda muhojirni do‘q-po‘pisa va kuch ishlatish bilan qo‘rqitayotgan “drujinachilar”ni va savdogar muhojirning molini o‘g‘irlayotgan aholini ko‘rish mumkin. Uyalmay birovning mulkini talon-taroj qilayotgan aholi bunga “drujinachilar” ruxsat berganini aytadi. Qizig‘i, politsiya talon-taroj qiluvchilarni indamay kuzatib turgan. Bu haqida “66.ru” mahalliy nashri xabar bermoqda. Reydni hukumatga yaqin “Rus jamiyati”...

Xorij fuqarosining elektron kartasi – savollaringizga javob beramiz

Xorijiy fuqaro kartasi nima? Bu plastik karta. U Moskva va Moskva viloyatida patent olishda beriladi. U xorij fuqarosining Rossiya hududida qonuniy bo’lishi uchun barmoq izlari va boshqa majburiy jarayonlardan o’tganini tasdiqlaydi. Kartada qanday ma’lumotlar bor? Kartada migrantning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, jinsi, surati, fuqaroligi  haqidagi ma’lumotlar va...

Migrant farrosh ham kvartirani, ham seyfni tozalab ketdi

Moskvada kvartiradan 6 million rubl o‘g‘irlashda gumon qilingan farrosh qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi. 24 yoshli yigit Markaziy Osiyo davlatlaridan biridan bo‘lgan 37 yoshli ayolni Lobachevskiy ko‘chasidagi xonadonini tozalash uchun yollagan. Egalari qo‘shni xonada bo‘lganida, u qulflanmagan seyfdan pul va taqinchoqlarni olib qo‘ygan. Ishini tugatgandan...

Tojikiston va Qirg‘iziston Rossiyadagi migratsiya qonunlarining kuchaytirilishiga munosabat bildirdi, O‘zbekiston jim

Tojikiston Rossiyada migrantlar ishlashi mumkin bo‘lgan sohalarni cheklashga qanday munosabat bildirgani ma’lum qilindi. Avvalroq Qirg‘iziston vitse-premyeri migratsiya qonunchiligi va qirg’izistonlik muhojirlarning holati haqida gapirgan edi. Markaziy Osiyo davlatlaridan hozircha faqat O‘zbekistondan hech qanday munosabat bo‘lgani yo‘q. Tojikistondagi mehnat, migratsiya va aholi bandligi vaziri Gulnora Hasanzoda Rossiyada muhojirlar ishlashini cheklash...

Rossiyada YouTube va Google bloklanishi: Bu foydalanuvchilar va migrantlar uchun nimani anglatadi?

Moskva viloyatidagi provayderlar o’z abonentlarini Google’ni to’liq bloklanishi va YouTube’ni “qabul qilib bo’lmaydigan tezlikda” sekinlashishi haqida ogohlantirdi. Youtube va Google’ning bloklanishi kundalik hayotda nimalarga ta’sir qiladi? 1. Foydalanuvchilar Google Tarjimon, Google Xaritalar, Gmail pochtasi va Google Docs va Google Meet kabi ilovalarga kirish imkoniyatidan mahrum bo’lishadi. 2. Ko’p saytlar...

Diqqat: qalbaki hujjatlardan foydalanmang!

Rossiya IIV Primorsk o‘lkasi boshqarmasi matbuot xizmati qalbaki hujjatlardan foydalanishda gumonlangan 45 nafar muhojirning qo‘lga olinganini xabar qildi. Gap jamoat transporti (avtobuslar, taksi) va yuk mashinalari haydovchilari haqida bormoqda. Xabar berilishicha, Vladivostokda YHX inspektorlari har kuni tekshiruvlar o‘tkazib, birinchi navbatda haydovchining hujjatlariga e’tibor qaratmoqda va transport vositalaridagi nosozliklarni ko‘zdan...

“ЛДПР” migrantlar ko‘proq soliq to‘lashini talab qilmoqda

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq (НДФЛ) 30 foizga oshirish taklif qilindi. Bu haqda “РИА Новости” xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, “ЛДПР” partiyasidan bo‘lgan deputatlar soliqlarni oshirish haqidagi qonun loyihasini rasmiy tarzda hukumatga yuborishgan. Loyiha mualliflariga ko‘ra, Rossiyada soliq rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslardan olinadigan barcha...

Moskvada ish haqini ololmayotgan o’zbekistonliklarga kim yordam beradi?

O’zbekiston fuqarolari Moskvada poliklinika qurilishida ishlashganini, biroq maoshlari ikki oydan buyon berilmayotganidan shikoyat qilishmoqda. Migrant.uz muxbiri jabrlanganlar bilan suhbatlashib, voqea tafsilotlarini aniqladi. Ma’lum bo’lishicha, o’zbekistonliklar aprel oyi oxirida 7 qavatli poliklinika qurilishida elektrik sifatida bir brigada bo’lib ishga joylashishgan. Bir brigada 20dan ortiq quruvchilardan iborat. Ularning vazifasi yangi qurilayotgan...

Aytish va qaytish: Rossiyada Google va iOSning bloklanishini haqida nimalar ma’lum?

2-avgust kuni, OAV va Telegram kanallarida endi Rossiyada Google, iOS va Android xizmatlari bloklanishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu mish-mishlarga «ЛДПР» deputati Aleksey Didenkoning so’zlari sabab bo’ldi. Xususan, deputat parlament a’zolariga va davlat amaldorlariga allaqachon ushbu platformalardan foydalanish taqiqlanganligini gapirgan edi. Bunday yangilik rusiyzabon internetda norozilik to’lqinini keltirib chiqardi. Shu...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya