Turkum: Хабарлар

Moskva metrosida yangi liniya ochildi

Moskvada yangi metro liniyasi — «Троицкая» ochildi. Yangi yo‘nalishda to‘rtta bekat ish boshladi: «Новаторская», «Университет дружбы народов», «Генерала Тюленева» va «Тютчевская». «Новаторская» bekatidan endi Katta halqa liniyasiga o‘tish mumkin. Bekatlarning ochilishida videokonferensiya orqali prezident Vladimir Putin ishtirok etgan. Troitsk liniyasi Moskva metrosining 16-liniyasi bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda jami 17 bekat...

Migrantlar Sochidagi reydlar paytida qo‘pol munosabatdan shikoyat qilmoqda

Krasnodar o‘lkasida migrantlarga qarshi katta reydlar davom etmoqda. Migrant.uzga bir necha o‘zbekistonliklar murojaat qilib, tekshiruvlar paytida qo‘pol munosabat va turtkilashga duch kelganliklarini xabar qilmoqda. Ismini oshkor etmaslik sharti bilan suhbatlashgan Migrant.uzning suhbatdoshi xabariga ko‘ra, uni va boshqa migrantlarni huquqni muhofaza qilish organlari bevosita ish joyida, ya’ni qurilish maydonida tekshira...

«Ular o‘z oilasini bu yerga nega sudrab kelayapti?» – Dmitriy Medvedev migrantlar haqida fikr bildirdi

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev migrantlarga Rossiyaga oilalarini olib kelishni taqiqlashni va «migrantlar bolalarini rus tilini o‘rganishga majburlashni» taklif qildi. U bu haqda TASSga bergan intervyusida aytdi. «Menimcha, maktablar, migrantlar oilalari, anklavlarga nisbatan nima qilish kerak, men buni yoqlayman. Albatta, biz u yerdagi ba’zi tendensiyalarni yenga...

O‘zbekistonlik Moskva markazida pul tarqatdi

Migrant.uz tahririyati fikricha, bu haftaning eng esda qolarli voqeasi o‘zbekistonlik boyvachchaning Moskva markaziga Ferrari’da kelib, raqslar tanlovi uyushtirgani bo‘ldi. 777 o‘zbek raqamli «blatnoy» mashina Moskvaning “Patriarshiyeprudi” ko‘chasiga kelib, tez mashhurlikka erishdi. Aniqlanishicha o‘zbekistonlik boyvachcha rossiyalik poygachi Tamayev bilan poyga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Lekin poyga o‘rniga Moskva markazidagi odamlarga raqs tushgani...

Migrantlarni nega qayta imtihondan o‘tishga majburlashmoqda?

Migrant.uz tahririyatiga murojaat qilgan Sankt-Peterburgdagi muhojirlarning aytishicha, patent olish uchun hujjatlarni topshirish vaqtida, ularni rus tili imtihonidan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlari bor bo‘lishiga qaramay, qaytadan imtihondan o‘tishga majburlashmoqda. Har safar qaytadan imtihon pullik. Puli ham oz emas. O‘zbekistonliklar qayta testdan o‘tishga 3700 rubldan berishayotganini, biroq agar Migratsiya markazi xodimlarida shubha...

Ukrainaga qarshi urushda 98 nafar o‘zbekistonlik va tojikistonlik halok bo‘lgan

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli mojaro boshlanganidan beri kamida 68 011 rossiyalik harbiy frontda halok bo‘ldi. Ularning 13152 nafari ko‘ngillilardir. Bu ma’lumotlar VVC Rus xizmati va «Mediazona» tomonidan nekrologlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va boshqa ommaviy axborotlar kabi ochiq manbalar asosida to‘plangan. Ta’kidlanishicha, mojarolar davomida birinchi marta ko‘ngilli o‘lganlar...

Litvada Markaziy osiyolik ishchilar soni ko‘paymoqda

Litvada bir yil davomida uchinchi mamlakatlardan kelgan ishchilar soni 20 mingga ortdi. Ularning ko‘pchiligini belaruslar va ukrainaliklar tashkil etayotgan bo‘lsa-da, ish beruvchilar ko‘proq Markaziy Osiyodan kelgan ishchilarga e’tibor qaratishmoqda. Ish beruvchilarning aytishicha, ularning boshqa tanlovi yo‘q. Litvaning o‘zidan ishchilarni topish deyarli imkonsiz. 2024-yilning birinchi yarmida Litvada Markaziy Osiyodan kelganlar...

Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

Qirg‘iziston elchixonasi o‘z fuqarolariga Rossiyaga borishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda respublika Tashqi ishlar vazirligining sayti. Idorada bu chaqiriqni Rossiya hududida joriy qilingan qo‘shimcha xavfsizlik choralari va davlat chegarasi orqali o‘tishda kuchaytirilgan nazorat rejimi davom etayotgani bilan izohlashgan. Ya’ni, gap reydlar, tekshiruvlar va Qirg‘iziston fuqarolariga Rossiyaga...

Migrantlar ustidan shikoyat qilish uchun bot yaratildi

Hozirgi vaqtda bot orqali berilgan ma’lumotlarga asosan 42 ta reyd o‘tkazilgan va 30 dan ortiq kishi deportatsiya qilingan. Faqat migrantlar uchun shikoyatlarga atalgan telegram-bot Yangi Moskvadagi Sosensk qishloq hududida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda 4-sentyabr kuni Moskva shahar dumasi deputati Aleksandr Kozlov o‘z telegram-kanalida xabar bergan. Eslatib o’tamiz, bu Rossiyada...

Putin O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga yetkazib berilishiga izoh berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu mamlakatlarda faol iqtisodiy rivojlanish va aholi sonining oʻsishi bilan bogʻliq. “Markaziy Osiyoga, Eronga yetkazib berish masalasiga kelsak, bu Ukraina voqealari bilan bevosita bogʻliq emas, bu davlatlarning iqtisodiyoti rivojlanmoqda, faol rivojlanmoqda, ular...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya