Turkum: Хабарлар

Nijegorodskayada avtohalokatga uchragan o’zbekistonliklarning shaxsi aniqlandi

1-sentabr kuni Rossiyaning Nijegorodskaya oblasti hududida YTH oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Ushbu hodisa qurbonlari va jabrlanganlar shaxsi aniqlandi. Avtohalokatda Atoyev Azim Axrorovich (1992-yilda tug‘ilgan, Buxoro viloyati Romitan tumanida yashagan), Abdullayev Ikrombek Sadullayevich (1983-yilda tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashagan), Akimniyazov Xasen...

Moskvada taksichini do‘pposlab, yo‘lkira bermagan erkak hibsga olindi

Kavkazlik yo‘lovchi kerakli manzilga yetib olganidan so‘ng, 1800 rubl miqdoridagi yo‘lkirani to‘lashdan bosh tortgan. Videoda yo‘lovchi erkak 20 daqiqadan so‘ng bank orqali pul o‘tkazib berishni va’da qilgan, lekin haydovchi bunga rozi bo‘lmagan. Bahs janjalga aylanib ketib, natijada yo‘lovchi haydovchiga qattiq zarba bergan. Mushtdan keyin haydovchining burnidan qon keta boshlagan...

Rossiyadagi avtohalokatda 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

1-sentabr kuni Rossiyaning Nijegorodskaya oblastida, Samara – Moskva yo‘lida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Tojikiston fuqarosi boshqargan mikroavtobusda o‘zbekistonliklar ketayotgan edi. Rossiya IIVB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa urilgan va mikroavtobus ag‘darilib ketgan. Mikroavtobusda haydovchi bilan birga jami 12 kishi bo‘lgan, barcha yo‘lovchilar O‘zbekiston fuqarolari. Avariya...

1-sentyabrdan Rossiya maktablarida telefon ishlatish taqiqlandi

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab Rossiya maktablarida o’quvchilar dars paytida mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun kuchga kiradi. Bolalari Rossiya maktablarida o’qiydigan migrantlar ushbu taqiqni hisobga olishlari va bolalar o’qish qoidalarini buzilmasligini nazorat qilishlari kerak. Ushbu qoidani joriy etish orqali mamlakatda o’quvchilarning o’quv jarayoniga e’tiborini oshirishga erishish ko’zda tutilgan. Darsdan tashqari vaqtlarda,...

Aholi yiliga 600 mingga qisqarmoqda: Rossiya vahimaga tushgan

Rossiya Fanlar akademiyasi Markaziy Iqtisodiyot va matematika instituti direktori Albert Baxtizin Rossiya aholisining butunlay yo’q bo’lib ketishining oldini olish uchun «maxsus demografik operatsiya» o’tkazishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatning har yili 500–600 ming kishini yoʻqotishi milliy xavfsizlik va iqtisodiy oʻsishga tahdid soladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining prognozlariga ko’ra, Rossiya...

Moskvada ravvinni taksiga chiqarmagan migrantga jinoiy ish ochildi

Moskvada migrant-taksichi ravvinni uning yahudiy ekanligi uchun manzilga yetkazishdan bosh tortdi. Endi unga jinoiy ish ochilishi mumkin. Yosh yahudlar tashkiloti «Yaxad» ravvini Mixoel Stavropolskiy Sokolnikidagi yahudiylari jamoati binosiga taksi chaqirgan. Ammo taksi haydovchisi bo‘lgan migrant yo‘lovchining yahudiy ekanini bilib, xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan. Mijoz bunday holatdan e’tiroz bildirib, “Yandex”ning...

O’zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olinadi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoniga binoan Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olinadi. Ular: ✅ 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni; ✅ 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami; ✅ 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam...

“Сroсus” ishi bo‘yicha yana besh kishi Dog‘istondan keltirilib, ayblanayotgani ma’lum bo‘ldi

Kuni kecha Moskvaning Basmanniy sudi Shaxromjon Gadoev, Zubaydullo Ismoilov, Mustaqim Soliyev, Umedjon Soliyev va Xusayn Hamidovlarning qamoq muddatini ikki oyga uzaytirdi. Shu sud tufayli bu gumonlanuvchilar Dog’istonda qo’lga olinib, “Сroсus”ga qilingan hujumda ayblanayotgani ma’lum bo‘ldi. Avval ularning ismlari hech qayerda yoritilmagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, besh kishi ikki oy avval...

Rossiya 90 dan ortiq hindistonliklarni aldab Ukrainadagi jangga yuborgan

«Дождь» telekanali Hindiston parlamenti a’zosi Vikramjit Singx Sahnaibga tayanib bergan xabariga ko‘ra, 90 dan ortiq hindistonlik Ukrainada Rossiya tomonida jang qilish uchun aldanib qolgan, ulardan kamida sakkiz nafari halok bo‘lgan va ularning jasadlari hali ham o‘z vatanlariga qaytarilmagan. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bilan urushda qolgan Hindiston fuqarolarining aksariyati ish...

Rossiyada migrantlar qurolli kuchlarida xizmat qilish haqidagi ma’lumotnomaga majburan qo‘l qo‘ydirilmoqda

Ma’lumotnoma nazariy jihatdan muhojirni hech narsaga majburlamaydi. Ya’ni urushga olib ketish haqida gap-so‘z yo‘q. Biroq masalaning boshqa tarafi bor – targ‘ibot. Muhojirlarga Rossiya qurolli kuchlarida xizmat qilish haqidagi hujjat turli joylarda berilmoqda – politsiya bo‘limida, tergov qo‘mitasida, migrantlarni vaqtincha saqlash markazlarida, patent rasmiylashtiriladigan migratsiya markazlarida, hujjat rasmiylashtiradigan pasport-viza servislarida,...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya