Oʻzbekistonlik diplomatlar AQShda hibsga olingan vatandoshlarni ziyorat qilishdi

Oʻzbekistonning Qoʻshma Shtatlardagi elchixonasi xodimlari Virjiniya shtatidagi xorijiy fuqarolar uchun vaqtinchalik saqlash markazlari — Kerolayn va Farmvilga tashrif buyurdi. Diplomatlar u yerda hibsda saqlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashishdi. Tashriflar davomida elchixona vakillari hibsda saqlash sharoitlari, vatandoshlarning sogʻligʻi, ovqatlanishi va boshqa kundalik masalalar bilan tanishdi. Shuningdek, oʻzbekistonliklarga konsullik huquqlari va...








