Turkum: Меҳнат

O‘zbekistonliklar uchun Amerikada yangi ish imkoniyatlari ochilishi mumkin

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Xalqaro migratsiya sharhi forumi davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Qo‘shma Shtatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda mehnat migratsiyasi, o‘zbekistonliklarni chet elda ishlashga tayyorlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Forumda O‘zbekistondan Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatning AQSHdagi elchixonasi mas’ullari...

Vladimirda migrantlarga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi

Vladimir viloyati ikkita sohada mehnat migrantlariga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi. Chet elliklarga bolalar ovqatlari va parhez mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlash, shuningdek, xavfli materiallarni tashish taqiqlangan. Tegishli farmon viloyat gubernatori tomonidan imzolandi. Rasmiylar bu yangi cheklovlarni joriy qilmasligini, balki o‘tgan yildan beri amalda bo‘lgan taqiqlarni kengaytirishini ta’kidlagan. Shunga o‘xshash hujjat 2025-yil...

Oson pul topish ilinji qamoq bilan tugadi

Rossiyaga ishlash maqsadida ketgan to‘rtko‘llik Olimboy (ismi o‘zgartirilgan) jinoiy ish va harbiy harakatlar girdobiga tushib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, u 2020-yil noyabr oyida Moskva shahriga ishlash uchun borgan va qurilish sohasida mehnat qilgan. Biroq 2022-yil may oyida u giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatda bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan...

Telefonlar tekshiriladi: chegarada yangi qoidalar kuchga kirdi

Rossiyada chegaradan o‘tishda yangi tartiblar joriy etildi. Endi chegarachilar fuqarolarning shaxsiy qurilmalarini — telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirishi mumkin. Chegara xizmati bu huquq mavjudligini rasman tasdiqladi. Endilikda nazorat nafaqat yuk va transport vositalariga, balki shaxsiy buyumlarga ham tatbiq etiladi. Mazkur choralar ekstremizm va kontrabandaning oldini olishga qaratilgan deb...

Urushga borgan oshpaz yigit qamaldi

Andijon viloyati Marhamat tuman sudi 26 yoshli Komiljonni (ismi o‘zgartirilgan) xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etganlikda aybli deb topib, ozodlikdan mahrum qildi. Ish materiallariga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan Komiljon Rossiyaga ishlash maqsadida ketgan va bir necha yil davomida u yerda mehnat qilgan. Ammo 2022-yilda uning hayotida yoqimsiz voqea sodir bo‘ldi. Moskvada...

Aprelda yangi cheklovlar tayyorlanmoqda: o‘zgarishlar migrantlarga ham tegishli

Aprel oyida Davlat Dumasi deputatlari turli sohalarda yangi cheklovlarni joriy etuvchi bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Asosiy tashabbuslardan biri xorijiy fuqarolar uchun qoidalarni kuchaytirish bo‘ladi. Xususan, sudlanganlik tarixi bo‘lgan shaxslarga fuqarolik, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP) va doimiy yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) berishdan bosh tortish taklif qilinmoqda....

Chet elga ishga bormoqchimisiz? Aldovlarga chuv tushmang!

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida fuqarolarni aldab, ularning katta miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirgan bir guruh firibgarlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Mazkur jinoiy guruh 2023-yilning yanvar oyidan boshlab bir nechta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) tuzib, odamlarni Yevropa davlatlariga ishga yuborish va viza rasmiylashtirish va’dasi bilan chuv tushirgan. Firibgarlar o‘z tuzoqlariga odamlarni ilintirish...

Medvedev migrantlarning kompakt yashashiga qarshi

Rossiya migrantlarning yashash sharoitlari ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev idoralararo komissiya yig‘ilishida ma’lum qildi. U muammolardan biri migrantlar mahalliy aholidan ajrab, alohida jamoalarda yashaydigan «etnik gettolar» ekanligini ta’kidladi. Uning iddaosicha, bunday sharoitlarda odamlarga moslashish, tilni o‘rganish va mahalliy qoidalarga rioya qilish qiyinroq...

Tuladagi migrantlarning asosiy qismi – o‘zbeklar

So‘nggi yillarda Tula viloyatiga xorijiy fuqarolarning oqimi sezilarli darajada kamaydi. Biroq, O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan migrantlar hali ham oqimning asosiy qismini tashkil qiladi. 2025-yilda mintaqa migratsiya organlarida 62 416 nafar chet ellik ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida eng katta guruh O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ular umumiy sonning 37,68% ni tashkil qiladi....

Sankt-Peterburgda kuryerlar yetishmayapti

Sankt-Peterburgda yetkazib berish xizmatlariga talab keskin oshgan bo‘lsa-da, kuryerlar soni yetarli emas. Shaharga hozir kamida 10 000 ishchi yetishmayapti, deb xabar bermoqda «MAKS» uyushmasi rahbari Aleksandr Mityukov. 2024-yildan beri yetkazib berish xizmatlariga talab 870% ga, ya’ni deyarli o‘n baravarga oshdi. Hozirda ushbu sohada 65 000 dan ortiq kishi ishlaydi,...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya