Maqola

196 19/06/2024

Moskvada cherkovga kirib, shamlarni o‘chirgan muhojir qo‘lga olindi. Unga nisbatan dindorlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilganlik moddasi bo‘yicha ish ochilgan.

“Baza” telegram kanalining xabar berishicha,  Admiral Fyodor Ushakov nomidagi cherkovga 18-iyun kuni noma’lum shaxs kirib, u yerdagi shamlarni o‘chirib chiqqan, undan keyin bir ayolni turtib, chiqib ketgan. Uni videoga olinayotgani ham to‘xtatmagan.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, erkak cherkov yonidagi ko‘pqavatli uylarning oldida qo‘lga olingan. U 20 yoshli Tojikiston fuqarosi Asqar Butayev bo‘lib chiqqan. U Rossiyaga bir necha kun avval kelgani, voqea joyidan uzoq bo‘lmagan xostelda yashayotgani aniqlangan.

Asqar Butayev ayni vaqtda tergov izolyatoriga joylashtirishgan. Unga nisbatan 148-moddaning 4-qismi bo‘yicha (Vijdon va din erkinligi huquqini buzish) jinoiy ish ochilgan. Tergovga ko‘ra, erkak  dindorlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilish maqsadida shamlarni o‘chirib chiqqan. Bugun sud gumondorga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llaydi.

Mazkur voqelikni inobatga olib, barchaga boshqa dinlarni haqorat qilmaslik, muhokama qilmaslik va boshqa din vakillariga nisbatan yomon ma’noda talqin qilinishi mumkin bo‘lgan hech qanday xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik kerakligini eslatib o‘tamiz. Bunday hatti-harakatlar insonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziyon yetkazmasa ham ma’muriy va hatto jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Xulqimiz va madaniyatimizni yaxshi tarafdan ko‘rsatib, atrofdagilarda ijobiy taassurot qoldirish eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya