Maqola

248 24/05/2024

Rossiyaning Omonatlarni sug’urtalash agentligi ma’lumotlariga ko’ra, Qiwi bank lisenziyasi olib qo’yilganidan keyin pul avval bankda omonat hisobini ochganlarga qaytarilgan. Undan keyin oddiy hisob, raqamli hamyon va pul tizimlariga navbat keladi.

Qiwi bankka qarashli “Contact” pul tizimidan pul yuborib, ololmay qolgan muhojirlarning pullari tegishli ariza to’ldirilgan bo’lsa iyundan avgust oyi oxirigacha qaytarilishi ma’lum qilindi.

Pulni qaytarish uchun yuborilgan arizalarning maqomini 8-800-200-08-05 raqamiga qo’ng’iroq qilib bilish mumkin. Telefon qilganda pulni qaytarish uchun yuborilgan arizada barcha hujjatlar yetarlimi deb so’raladi. Agar qo’ng’iroq qilishning imkoni bo’lmasa Qiwi bankning Moskvadagi ofisiga borish kerak.

Agar yuborilgan arizaga biror hujjat yetishmayotgan bo’lsa, bu haqida aytiladi. Yetmayotgan hujjatni ushbu manzilga (Павелецкая набережная 8 стр 1) olib borish kerak bo’ladi. Yoki telefon orqali pochtadan aytilgan manzilga yuborish kerak.

Pullarni qaytarish uchun ariza topshirmagan muhojirlar avval tegishli arizani to‘ldirib topshirishlari kerak.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya