Moskvaning Basmanniy sudi “Crocus City Hall”da terror hujumini sodir etishda gumonlanayotgan to’rt nafar Tojikiston fuqarosining hibsda qolish muddatini 22-noyabrgacha uzaytirdi
Sud yopiq tartibda o’tkazildi.
Dalerjon Mirzoev, Saidakram Rajabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Shamsiddin Fariduni 145 kishining o’limiga olib kelgan terror hujumini sodir etish va noqonuniy qurol-yarog’ aylanmasi bo’yicha ayblanmoqda.
Gumonlanganlarga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.