Maqola

277 24/06/2024

23-iyun kuni Dog‘istonning ikki shahri Mahachqal’a va Derbentda bir vaqtda qurolli hujumlar ro‘y berdi. Hujum tafsilotlari aniqlandi.

Xabar berilishicha, soat 17:55da jangarilar Derbentdagi sinagoga va cherkovga yonuvchi moddalar bilan hujum qilgan. So‘ng  xizmatda bo‘lgan politsiyachilarga qarata o‘t ochishgan. Ikki binoda yong‘in boshlangan.

Sinagoga yonidagi otishma natijasida qo‘riqchi va politsiyachi vafot etgan. Yana bir politsiyachi yaralangan. Ma’lumotlarga ko‘ra sinagoga yonida o‘tib ketayotgan ikki nafar fuqaro ham halok bo‘lgan.

Cherkov oldida bir nafar politsiyachi, cherkov ruhoniysi va qo‘riqchisi o‘ldirilgan.

Jinoyatchilar oq rangli “Folksvagen Polo”da yashirinishgan. Yarim soat o‘tib, 18:30da yana bir guruh Mahachqal’adagi cherkov yonida xizmatda turgan politsiyachilarga qarata o‘t ochgan. 4 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, yana bir qanchasi yaralangan.

Shundan so‘ng jangarilar bir fuqaroning “ВАЗ-2114” avtomobilini tortib olib, shaharning Komarova ko‘chasida yashirinishgan.

Yermoshkina ko‘chasidagi sinagogaga “molotov kokteyli”ni (yong‘in keltirib chiqaruvchi vosita) tashlashgan.

Keyinroq Buynakskiy ko‘chasidagi “ДПС” xodimlarini o‘qqa tutishi natijasida bir nafar politsiyachi vafot etgan.

Soat 19:00ga yaqin jinoyatchilar Kammayev ko‘chasidagi “Встреча” kafesi oldida politsiyachilarga qarata o‘t ochishgan. Otishma natijasida ikki nafar jinoyatchi yo‘q qilingan. 

  • Dog‘iston rahbari Sergey Melikov Derbent va Mahachqal’ada bo‘lgan hujum natijasida 15 nafar politsiya xodimlari halok bo‘lganini xabar qildi. Shuningdek, 5 nafar fuqaro, jumladan Derbentdagi cherkov ruhoniysi Nikolay va o‘sha cherkovning qo‘riqchisi vafot etgani haqida ma’lumot berilmoqda.
  • Shifoxonada 22 nafar yaralanganlar qolmoqda. Ularning 17 nafari politsiya xodimlari, 5 nafari mahalliy aholi vakillari.
  • Besh nafar jangarilarning uch nafari Mahachqal’ada, ikki nafari Derbentda yo‘q qilingan. Ularning ikki nafari Dog‘istonning Sergokala tumani rahbari – Magomed Omarovning o‘g‘illari – Osman va Adil Omarovlar bo‘lgani aniqlangan. Yana biri esa Magomed Omarovning jiyani Abdusamad Amadziyev bo‘lgan.
  • Magomed Omarov qo‘lga olinib, politsiya bo‘limiga yetkazilgan. Lavozimidan ozod etilgan va “Единая Россия” partiyasidan ham chiqarib yuborilgan.
  • Dog‘istonning mahalliy internet guruhlarida o‘ldirilgan hujumchilardan biri 28 yoshli MMA jangchisi, erkin kurash bo‘yicha sport ustasi Gadjimurad Kagirov bo‘lgani aytilmoqda. Gadjimurad ham Sergokala tumanida tug‘ilgan, u  MMAdagi faoliyatida ikki marta jang o‘tkazgan va ikkisida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2021-yili Gadjimurad Kagirov Abdulmannob Nurmagamedov nomidagi sport maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan.
  • Guvohlar Maxachqal’adagi sohilda hujumchilarga aloqador shaxslar bo‘lishi mumkin bo ‘lgan  bir necha shaxslar hibsga olinganini aytishmoqda.
  • Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Maxachqal’adagi hujumda terroristlar Amerikaning Ar-15 avtomatlaridan foydalangan.
  • Dog‘istonda tezkor-qidiruv ishlari davom etmoqda. Kontrterroristik rejim e’lon qilingan.
  • Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning qaroriga ko‘ra,  24, 25 va 26 iyun kunlari Dog‘istonda motam kunlari deb e’lon qilindi.
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya