Maqola

627 24/09/2025

Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiyada 670 mingga yaqin muhojir noqonuniy bo‘lib turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning uchdan bir qismi ayollar va bolalardir.

«Hozirda mamlakatda 670 ming kishi noqonuniy ravishda qolmoqda. Shuni ta’kidlashni istardimki, ularning uchdan bir qismi ayollar va bolalar», – dedi Gorovoy Inson huquqlari bo‘yicha mas’ullarning Butunrossiya muvofiqlashtiruvchi kengashining «Qamoqxonalarda inson huquqlarini himoya qilish» mavzusidagi yig‘ilishida.

Vazirning ta’kidlashicha, 10-sentyabrdan boshlab Rossiya Federatsiyasida qonuniy asoslarsiz qolgan xorijiy fuqarolarga nisbatan ma’muriy javobgarlik va jazo choralari, jumladan, deportatsiyani nazarda tutuvchi qonun kuchga kiradi.

Rossiyada 1-sentyabrdan boshlab migrantlar maqomini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kuchga kirdi. Yangi chora-tadbirlar orasida:

Yashashning qonuniyligi ustidan nazorat kuchaytirildi — endilikda rasmiylar migratsiya qoidalarini buzgan shaxslarni tezroq aniqlashi mumkin.

Deportatsiya uzoq davom etadigan sud jarayonlarisiz, tezroq amalga oshiriladi.

Qoidabuzar sifatida ushlangan shaxslar deportatsiya qilingunga qadar vaqtincha saqlash markazlariga joylashtirilishi mumkin.

Noqonuniy migrantlarni yollagan ish beruvchilarga nisbatan sanksiyalar kengaytirildi.

Bu o‘zgarishlar noqonuniy migrantlar sonini kamaytirish va qonuniy ishlashni xohlovchilar oqimini ta’minlashga qaratilgan. Biroq tadbirlar Rossiyaga qonuniy yo‘l bilan kelgan, ammo barcha kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida ololmagan muhojirlarning huquqlari qanday himoya qilinishi haqida ham xavotirga soladi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya