Maqola

149 23/07/2024

Rossiya Davlat Dumasi ikkinchi va uchinchi, yakuniy oʻqishda ichki ishlar organlariga chet elliklarni Rossiyadan maʼmuriy ravishda chiqarib yuborish (выдворение) toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

Qonun kuchga kirsa mehnat muhojirlarini politsiya xodimlari ham deportatsiya qila oladi. Hozirgi tartibga ko’ra, muhojirlarni faqat sud ma’muriy ravishda Rossiyadan chiqarib yuborishi mumkin.

Shuningdek, qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilgan xorijliklar Federal ijroiya organi rahbarining qarori asosida maxsus muassasaga 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtiriladi. Ya’ni avvalgidek 90 kungacha “spespriyomnik”da muhojirlarni olib qolish tartibi 48 soatga qisqaradi.

Taʼkidlanishicha, qonun loyihasi chet el fuqarolarini deportatsiya qilish va maʼmuriy yoʻl bilan chiqarib yuborish mexanizmlarini birlashtirishga qaratilgan.

Mualliflarning fikricha, ushbu yangilik chet el fuqarolarini sudga olib borish bilan bog‘liq vaqt va moliyaviy xarajatlarini qisqartiradi va Rossiya qonunchiligini buzgan xorijiy fuqarolarni Rossiya Federatsiyasi hududidan zudlik bilan chiqarib yuborish imkonini beradi.

Qonun hali kuchga kirgani yo’q. Uni avval Federatsiya kengashi ma’qullashi va Rossiya prezidenti imzolashi kerak. Shundan so’ng qonun belgilangan tartibda kuchga kiradi. Migrant.uz qonun kuchga kirgach yangi o’zgarishlar haqida batafsil tushuntirishni e’tiboringizga havola etadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya