Maqola

253 25/05/2024

Moskva viloyatida OZON pudratchisining 8 nafar xodimi halok bo‘lgan yong‘in ortidan “yotoqxona” ijarachisi hibsga olindi. SHOTning yozishicha, Istra sudi o‘zbekistonlik Muzaffarxon Mirtozayevni 23-iyulga qadar tergov izolyatoriga jo‘natdi.

Sud majlisidan oldin sudlanuvchining advokati Aksyonov SHOT muxbiri bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan va ikki marta uning qo‘lidan telefonni olishgan uringan.

Himoya pozitsiyasi Mirtozayevning soxta ijarachi ekanligiga asoslangan. Ya’ni sudlanuvchi bir kompaniyada ishlagan, direktor unga pul berib, o‘z kompaniyasi uchun ushbu “yotoqxonani” ijaraga olishni buyurgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Mirtozayevning sheriklari bo‘lgan, hozir ularning shaxsi aniqlanmoqda.

Mirtozayev o‘z aybini tan olmagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya