Maqola

592 19/10/2024

Migrantlar uchun eng yaxshi aviakompaniya qaysi? Eng yomoni-chi? Bilet xarid qilayotganda muhojirlar, asosan, nimaga e’tibor beradi? Bularni aniqlash uchun Migrant.uz muhojirlar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, ular xizmatidan foydalanadigan aviakompaniyalar reytingini ayniqladi. E’tiboringizga so‘rovnoma natijalarini havola qilamiz.

Bilet xarid qilayotganda muhojirlar birinchi navbatda narxiga e’tibor qaratishi ma’lum bo‘ldi. 56% muhojir biletning arzonligiga qarab xaridni amalga oshirishini bildirgan. Ikkinchi o‘rinda – 17% ishtirokchilar biletni bagaj va qo‘l yukining hajmiga qarab, yana 9% muhojirlar esa reysning vaqti qulay bo‘lsa aviachipta xarid qilishini ma’lum qilgan. Kerakli shaharga reys bor bo‘lsa bilet xarid qiluvchilar muhojirlar orasida 7%ni, xizmat va muomala sifatiga qarab aviakompaniyadan bilet oladiganlar esa 6%ni, samolyotda beriladigan ovqatiga ko‘ra chipta oladiganlar esa 2%ni tashkil qilishi aniqlandi.

43 foiz o‘zbekistonlik muhojirlar eng arzon chiptalarni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi taklif qiladi, degan fikrda. Arzonligi bo‘yicha migrantlar fikricha, ikkinchi o‘rinda ikkita avikompaniya o‘rin olgan. Ular Rossiyaning “Utair” va “Ural airlines” aviakompaniyalari. Har ikki avikompaniyaga 13% muhojirlar ovoz bergan. Uchinchi o‘rinni “Aeroflot” aviakompaniyasi egallagan. Bu kompaniyada biletlar arzon ekanini 8% so‘rovnoma ishtirokchilari belgilagan.

Parvozlar vaqtida xizmat ko‘rsatish va muomala madaniyati sifati bo‘yicha birinchi o‘rin 86 foiz ovovz olgan Uzbekistan Airways avikompaniyasiga nasib qildi. Aeroflot aviakompaniyasining xizmatinini atigi 5% ishtirokchi e’tirof etgan.

Qo‘l yuki va bagaj qoidalari hamda qulayligi bo‘yicha ham so‘rovnoma natijasiga ko‘ra milliy aviakompaniyamiz oldinda. Bu yo‘nalishda aviakompaniyani 84% muhojirlar e’tirof etgan. Ikkinchi o‘rinda, 4% ishtirokchilarning javoblari bilan “Aeroflot” aviakompaniyasi qulay deb topilgan.

Parvozlar vaqtida ko‘ngilsiz voqealar ham bo‘lib turadi. So‘nggi vaqtlarda aviakompaniyalar bilan muhojirlar o‘rtasida ro‘y berayotgan mojarolar kun tartibidan tushgani yo‘q. So‘rovnoma ishtirokchilarining 26 foizi salbiy tajriba bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasida yuzlashganini, 22 foiz ishtirokchilar esa “Ural airlines” aviakompaniyasidan yo‘lovchi sifatida ranjiganini bildirgan. Yana 17 foiz muhojirlar “Utair” aviakompaniyasidan salbiy taassurot qolganini ma’lum qilgan. So‘rovnomaga ko‘ra, boshqa aviakompaniyalardan xafa bo‘lgan muhojirlar ko‘rsatkichi 13% ni tashkil etadi.

Muhojirlarning eng sevimli aviakompaniyasi sifatida Uzbekistan Airways mutloq liderlik pozitsiyasida. 80% muhojirlar milliy aviakompaniyani yoqtirishini bo‘lsa, Aeroflot aviakompaniyasining muxlislari soni 5%ni, S7 avikompaniyasini e’tirof etuvchilar 4%ni, Qanot sharq aviakompaniyasini yoqtiruvchilar esa 3%ni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Migrant.uz o‘tkazgan so‘rovnomada 3 mingga yaqin muhojirlar ishtirok etib, o‘z fikrini bildirgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya