103 16/07/2024

Moskvada migrantlar shaurma yegach, ommaviy ravishda zaharlandi. Muhojirlarning barchasi “Dmitrovskoe shosse” ko‘chasidagi savdo nuqtasida shaurma xarid qilib, tanovvul qilishgan.

Moskva shimolidagi “Okey” yotoqxonasida yashagan muhojirlar o‘zlarini yomon his qilishni boshlagach, zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Mash telegram kanalining xabariga ko‘ra, zaharlanganlar soni kamida 15 kishini tashkil etadi. Avval ularning yetti nafari shifoxonga olib ketilgan, chunki qolgan muhojirlar gospitalizatsiyadan bosh tortgan. Biroq keyinroq qolgan muhojirlar ham salomatliklari keskin yomonlashgani uchun kasalxonaga majburan yotqizilgan.

Shifokorlar hali aniq tashxisni qo‘ygani yo‘q. Shaurma sotgan shahobcha tekshirilmoqda.

“РБК” nashri Tergov qo‘mitasining Moskva shahri boshqarmasi ommaviy zaharlanish bo‘yicha jinoiy ish ochganini ma’lum qilgan.

Muhojirlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bor-yo‘qligi va ularning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot mavjud emas.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya