Maqola

241 01/05/2024

So‘ngi vaqtlarda xorij fuqarolari Rossiya armiyasida xizmat qilishi mumkinligi haqida OAVda maqolalar yana ko‘paya boshladi.

Mazkur maqolalarning deyarli barchasi harbiy shartnoma tuzish uchun qayerga va qachon borish kerakligi haqida aniq manzil, telefon raqamlar bilan to‘ldirilgan. Bundan tashqari, sud orqali Rossiyadan majburiy chiqarib yuborilayotgan yoki Rossiya hududida jinoiy javobgarlikka tortilgan migrantlarga harbiy xizmat uchun shartnoma tuzish evaziga javobgarlikdan ozod bo‘lish taklif qilinmoqda. Bu haqida Migrant.uz avvalroq ham yozgan edi. Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun olib borilayotgan targ‘ibot parallel ravishda rus jamiyatida kuchayib borayotgan migrantlarga nafrat fonida davom etmoqda.

⚠️ Rossiyada harbiy xizmat uchun shartnoma imzolagan migrantlar o‘z vatanlarida jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Markaziy Osiyo davlatlari xorijda yollanma askarlik uchun qamoq jazosini bekor qilgani yo‘q. Shuning uchun harbiy shartnoma asosida Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”sida xizmat qilgan migrantlar o‘z vatanlarida jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rossiya jamiyatiga moslashish jarayonida esa ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Chunki Rossiya hukumati xorijlik harbiylar jinoiy javobgarlikka tortilmay o‘z hayotlarini davom ettirishi uchun to‘laqonli huquqiy kafolat bermaydi.

⚠️ Markaziy osiyolik fuqarolarga targ‘ibot ta’siriga tushmaslikni va o‘z vatanlarida yollanma askarlik uchun jinoiy javobgarlik borligini qat’iy eslatib o‘tamiz.

Xususan, yollanma askarlik uchun
🔸 O‘zbekistonda 15 yilgacha (O‘zR JK 154 modda);
🔸 Tojikistonda 20 yilgacha (TR JK 401 modda);
🔸 Qirg‘izistonda 15 yilgacha (QR JK 416 modda);
🔸 Qozog‘istonda 7 yilgacha (QR JK 162 modda) qamoq jazosiga hukm qilinish mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya