247 26/10/2026

Rossiyada xorijiy işçilarni uyuşqoqlik bilan jalb qiliş davlat tizimini işga tuşiriş 1-yanvardan 2027-yil 1-martga qoldirildi. Bunday qaror qonun loyihasini takomillaştiriş hamda yangi mexanizmning asosi böladigan murakkab IT-infratuzilmani tayyorlaş zarurati tufayli qabul qilindi.

Tizimning mohiyati şundan iboratki, xorijliklar Rossiya Federatsiyasiga aynan belgilangan iş beruvçilarning töğridan-töğri taklifi bilan keladi. An’anaviy ruxsatnoma hujjatlari örniga raqamli reyestr yozuvi joriy etilmoqda. Eksperimentning birinçi bosqiçi 2027-yil 1-martdan keyin Moskva va Moskva viloyatidan taşqari mamlakatning butun hududida boşlanadi, ikkinçi bosqiç esa 2029-yil 1-yanvarga rejalaştirilgan.

Yangi qoidalar Belorussiya fuqarolari, yuqori malakali mutaxassislar va maxsus hududlar, masalan, «Vladivostok erkin porti» işçilaridan taşqari, kirib kelayotgan barça mehnat muhojirlariga taalluqli böladi. Iş beruvçilar Içki işlar vazirligining maxsus reyestrida turişga va arizalarni ФГУП «Паспортно-визовый сервис» orqali topşirişga majbur böladi. Xodim bilan tuzilgan muddatli mehnat şartnomasi ariza şartlarini aynan takrorlaşi kerak.

Bundan taşqari, iş beruvçi xodimning genom röyxatidan ötişi uçun haq tölaşi, uning ehtimoliy deportatsiyasi bilan boğliq xarajatlarni qoplaşi, agar yollaş 15 kişidan oşsa, ularni turar joy bilan ta’minlaşi şart. Jismoniy şaxslar uçun beş nafardan ortiq bölmagan limit belgilandi. Işçilar uç yil muddatga identifikatsiya kartasini olişga va tibbiy körikdan ötişga, bu davrda maxsus «migratsiya mehmonxonalari»da yaşaşga majbur böladi. Reyestrda röyxatdan ötiş vizasiz muhojirlar uçun 3 ming rubl va vizalilar uçun 8 ming rubl bölgan qöşimça tölovlar joriy etilmoqda. Taşrif maqsadini özgartiriş 30 ming rubl, iş mintaqasini özgartiriş esa 10 ming rubl turadi. Daromad soliği böyiça oylik avans tölovi (НДФЛ) avvalgidek — 1,2 ming rubl bölib qoladi. Rossiyada bölib turgan va soni 3 million kişidan ortiq bölgan xorijliklar özlari haqidagi ma’lumotlarni yarim yil içida reyestrga kiritişlari şart, aks holda ularni deportatsiya kutadi. Ekspertlar bu kabi keng kölamli loyihani amalga oşiriş jiddiy texnik nosozliklarga duç kelişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya