Maqola

274 23/09/2024

Volgograd viloyatida yashagan Dmitriy Malishev maxsus harbiy operatsiya (SVO) zonasidan yarador bo‘lib tug‘ilib o‘sgan Raxinka qishlog‘iga qaytdi. Bu ma’lumotni Raxinskiy qishloq aholi punkti rahbari Fyodor Kadovba tasdiqlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Malishev jarohati tufayli ta’tilga kelgan va tuzalgach yana frontga ketish niyatida.

Malishev 10 yil avval o‘ziga tanish bo‘lgan tojikistonlik mehnat muhojirini vahshiylarcha o‘ldirgani sababli butun Rossiya bo‘ylab tanilgan edi. U jabrlanuvchining yuragini sabzavotlar bilan qovurib yegan va butun jarayonni videoga oldi. Shu va boshqa jinoyatlari uchun u 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Shunga qaramay, 2024-yil may oyida Malishev Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolab, Ukraina urushiga jo‘nab ketgan.

Malishevning qaytishi e’tiborni kuchaytirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda u boshqa mashhur jinoyatchilar, jumladan, ikki qizning hayotiga zomin bo‘lgan qotil Aleksandr Maslennikov bilan suratlarni chop etgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya