Maqola

150 12/10/2024

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusuf Qobuljonov Primorye OAVlarida jinoyatchilarning millatiga urg‘u berilishidan norozilik bildirdi. U jurnalistlarni qonunbuzarlarning millatini emas, balki fuqaroligini ko‘rsatishga chaqirdi, deb yozadi “Mk.ru Vladivostok” nashri.

Internetda namoyish qilingan videoda Yusuf Qobuljonov Rossiyada o‘zbeklar tomonidan sodir etilgan ko‘plab jinoyatlar aslida boshqa davlatlar fuqarolari tomonidan sodir etilishini, biroq millatning ko’rsatilishi tufayli xabar ortidan fuqarolik fakti unutilib, millatlararo nizolarning kuchayishi kuzatilayotganini ma’lum qilgan.

Bosh konsulning ta’kidlashicha, bunday amaliyot O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan stereotiplar va salbiy tasavvurlarning tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin. Yusuf Qobuljonov tushunmovchilik va ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun rus OAVlariga jinoyatlar haqidagi xabarlarni yoritishda axborot yondashuvini o‘zgartirishni qat’iy tavsiya qilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya