
Işxonamizda ikkita Oksana işlaydi. Ikkovi tengdoş. Biri xamirturuşli mahsulotlarni(drojjevie izdeliya) maromiga yetkazib pişirsa yana biri qatlama xamir(sloyennoye testo) va undan böladigan mahsulotlar ustasi.
Biri rus, Lipetsk viloyatidan. Ikkinçisi esa Ukrainalik. Oçiği Rossiya- Ukraina uruşi boşlangandan beri bizning kollektiv orasida desam yolğon bölar, lekin siyosiy mavzuda söz borganda tanqidlar yoğdirganlar, haqorat va janjalgaça borganlar böldi. Buyurtmalar qabul qiluvçi qiz, Ukrainalik Anna mana şu millatni, xalqni haqoratlagani uçun işdan böşatildi ham. Lekin bugungi holat boşqa.
Biz hammamiz bugunni, aynan ikki Oksananing uçraşuvini hadik, xavotir bilan kutgan edik. Ularning ikkovi ham bir haftadan beri işda yöq edi. Sababi… Ularning ikkalasi ham farzandini yöqotişdi. Rossiyalik Oksananing öğli frontda vafot etdi. Yakka-yu yagona öğli. Öşa kuni alamlarim yangilandi. Jigarbporamni, Feruzbegimning jasadini quçib faryod urayotgan onasi, Diloraxon yangamullom, özimning dalli-devonadek oyoq yalang temir yöl toşlari oyoğimni qonatsada sezmay yugurganlarim köz oldimga keldi. Oksanani uyiga olib borgunça bölarim böldi.
Ertasi kuni esa ikkinçi Oksana-Ukrainalik Oksananing qizi snaryad tuşgan köp qavatli uy vayronalari ostida qolgani haqqida xabar keldi. Uç kun… Uç kun onaizor telefondan beri kelmay qizi haqqida ma’lumot kutdi. Va nihoyat… Uning jasadi topilgani haqqida xabar keldi. Yagona farzand, yagona qiz… Heç birimizning könglimizga qil siğmadi şu kunlarda. Öta yirik hajmdagi buyurtma qabul qilganimiz sabab keça ularga qönğiroq qilişga botindim.
–Ertaga bormoqçi edim. Öğlimni tuproqqa topşirdim. Bir samolyot grob, tobut kelibti Leyla.-ovozi zörğa çiqdi Oksananing.
–Boraman. Ertagaça. Qizimni uy oldidagi boğçaga kömişibti.-dedi hazin tovuşda ikkinçi Oksana.
Kela solib uruşib ketişsaya degan xavotir bor edi hammamizda. Birinçi bölib Ukrainalik Oksana keldi. Quçoqlaşib yiğlaşdik. Krujkada kofe tutqazdim qöliga. Bir ikki höplagan edi ham ikkinçi Oksana kirib keldi. Yuragim gupillab urib ketdi.» Janjal bölmasaydiya… Biri Rossiya, biri Ukrainani ayblab uruşib ketişmasmikan?… «deya yurak tahlikada. Eşik oldida Oksana rangi oqarinqirab ma’yus turibti.Uning qarşisidagi stulda kofe krujkasini ikki qöllab tutgança muztar va mahzun ikkinçi Oksana ötiribti. Bir soniyada ölik sukunat çökdi hamma yog‘ga. Qölidagi krujkani qöyib örnidan turgan Oksana ikkinçi Oksana tomon titroq qölini çözib asta yurib boşladi.
—Oksanoçka… Qimmatligim mening! Öğling qanaqa çiroyli yigit edi!.. Qizimga uylansa bölmasmidi? Snyard yuklangan samolyotmas, mehmon töla maşinada garmon çalib borişsa bölmasmidi? Oh Oksana…
—Dugonajonim… Biz endi qanday yaşaymiz bolalarimizsiz? Oksanoçka! Içim qonga to‘ldik-u… Gözal qizing bilan yer töydimi? Endi qanday tirik yuramiz dugonajon?
Ikkovi bir birini quçoqlab uvvos solib yiğlaşardi. Hammamiz yiğlardik. Toş devorlar ham yiğladi nazarimda. Hozir ikki duşman tomondan ikki ayol emas, vafot etgan jigarbandlari doği, ğami otaşi-sözoni kuydirgan ikki ona yiğlardi. Nima uçunligini bilmayman, negadir mana şu Feysbukdagi bema’ni bahslarni, rusofob, islomofob va allambalo ayblovli postlar, bahs munozaralar xayolimdan ötdi. Hali tili, hali kiyimi, hali turqi-tamoyili va ötmişidan kim, «Biz turkiylar buyuk xalqmiz!» deya özidan özi aljirayotgan kim, «Azizlar, saharlikda yogurt joizmi? Iftorda namozdan söng erim bilan yaqinlik qilsak mumkinmi?» deya bema’ni savolini post qilgan kim…
Qani öşa buyuk xalq? Sizlarmi öşa buyuk xalqning avlodi? Sizlarmi öşa millatparastlar? Ötmişdagi Rus qizil armiyasi qilgan vahşiylikni yozsa butun millatni yomonlaganga çiqargan, yoki Ruslardan qörqmaymiz deb xuddi biror rus qörqitganday jinni ketdi post qöyayotgan «Qörqmas botir» lar, millatingiz uçun, xalqingiz uçun nima qilib qöygansiz?
Ikki quloğingizga quyib oling! Ukraina-Rossiya uruşi ham mana şunaqa mayda uçqunlardan boşlandi. Birovi «Moskolyani» deya, yana birovi «Xoxli» deya deya oxiri uruş olovi yondi. Taajubmas, öşa boşida çiranganlar birinçi çet elga qoçib qolişdi. Çunki mayib eşşak baland hangraydi va xavfdan birinçi qoçadi!
Dunyoda yomon millat, yomon xalq yöq.
Yomon odamlar bor. Yomon odam, jinoyatçining esa millati bölmaydi.
Butun boşli xalqni yomonga çiqarmaslik, millatparast bölmaslik uçun esa bolasidan judo bölgan ikki onaning faryodini eşitişingiz şartmas, eşitganingiz kifoya deb öylayman.
URUŞDA ESA IKKI TOMONDA ĞOLIB DAVLAT VA MAĞLUB DAVLAT BÖLADI. VA HAR IKKI TOMONDA HAM XALQ ALBATTA MAĞLUB QOLADI TAMOM.