186 22/05/2024

Rossiyada yangi FLIRT koronavirus variantining 178 ta holati aniqlandi. Ushbu variant dominant JN.1 shtammining uzoq qarindoshi bo‘lib, Omikron 12 oilasiga tegishli.

Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, buning xavfi koronavirusning boshqa turlaridan kattaroq bo‘lmaydi.

Kasallikning belgilari: isitma, yo‘tal, burun bitishi yoki burun oqishi, tomoq og‘rig‘i, ta’m yoki hidning yo‘qolishi bo‘lishi mumkin.

FLIRT hozirda Yevropaning 14 mamlakatida topilgan va Qo‘shma Shtatlarda ham ko‘p tarqalgan shtamm hisoblanadi.

Ehtiyot choralarini ko‘rish lozim, ammo vahimaga tushishning hojati yo‘q.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya