Maqola

171 12/09/2024

Rossiyadagi qamoqxonalarda jazo muddatini o‘tayotgan xorij fuqarolariga qolgan muddatni o‘z yurtlarida o‘tash uchun ariza topshirish taklif etilmoqda, deb yozadi “Важные истории” nashri. Nashr mazkur ma’lumotni inson huquqlari himoyachisi Ivan Astashin va Mordoviyadagi IK-17 muassasasidagi vaziyat bilan tanish manbaga tayangan holda ma’lum qilgan.

“Важные истории” nashrining fikricha, Federal jazoni ijro etish xizmati (ФСИН) shu tariqa jazo muassasalarida garovga olish holatlari qaytarilishining oldini olishga urinayotgan bo‘lishi mumkin.

Usbu ma’lumotni mustaqil ravishda tasdiqlash yoki rad etish imkoni yo‘q. Migrant.uz Rossiya qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarga xat yo‘lladi, ammo ushbu material nashr qilinguniga qadar javob hali kelgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil avgust oyi oxirida Volgograd viloyatining Surovikino shahridagi 19-koloniyada mahkumlar intizomiy komissiya yig‘ilishi paytida hujum uyushtirib, xodimlarni garovga olganda «ФСИН»ning to‘rt nafar xodimi halok bo‘lgan edi. Natijada, Rossiya kuch ishlatar tuzilmalari hujum uyushtirib, hujumchilar yo‘q qilingan.

Rossiya ommaviy axborot vositalari esa ikki hujumchi O‘zbekiston fuqarolari ekanligini xabar bersa-da, aslida ularning faqat bir nafari o‘zbekistonlik bo‘lgani aniqlangan.

2024-yil iyun oyida esa Rostovdagi 1-СИЗО’ning ikki nafar xodimi olti nafar ayblanuvchi tomonidan garovga olingan edi. Hujumdan bir necha soat o‘tib «ФСИН» hujumchilardan besh nafari o‘ldirilgani va garovdagilar ozod qilinganini haqida xabar bergandi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya