Maqola

676 14/11/2025

Sankt-Peterburgda, taksi va kuryerlik xizmatlarida ishlaydigan migrantlarga taqiq uzaytirilgandan so’ng, noqonuniy taksi bozori kengaya boshladi. Gubernatorning yangi qaror loyihasida cheklovlarni 2026-yilda ham uzaytirish ko’zda tutilgan. Ilgari taqiq faqat 2025-yil noyabr va dekabr oylarigacha edi.

Shimoli-g’arbiy federal okrugdagi taksi xizmatlarini rivojlantirish bo’yicha jamoatchilik kengashi vakili Andrey Belovning so’zlariga ko’ra, taqiqni uzaytirish to’g’risidagi qaror kutilgan edi. Uning fikricha, bunday choralar bozorni tozalashga yordam beradi, ammo shu bilan birga mingdan ortiq taksilar ishlamay qoldi, bu esa narxlarning sezilarli darajada oshishiga olib keldi.

Avval ba’zi yo’nalishlarda yo‘lkira taxminan 1000 rublga tushgan bo’lsa, hozir u 1700–1800 rublga yetdi. Mutaxassislarning taxmin qilishicha, yaqin kelajakda yo’l haqi ikki baravar oshishi mumkin. Cheklovlar joriy etilgandan so’ng, rasmiy xizmatlar orqali ishlay olmaydigan ba’zi migrantlar o’z xizmatlarini noqonuniy ravishda – avtobus va metro bekatlarida, savdo markazlarida taklif qila boshladi. Ular kichik guruhlarni tashkil qilib, nazoratsiz va ruxsatnomasiz ishlaydi. Yandex.Taxi ma’lumotlariga ko’ra, kompaniya 7-noyabr kuni litsenziyaga ega haydovchilar bilan ishlashni to’xtatgan. Sankt-Peterburgdagi taksi haydovchilarning taxminan 12 foiziga yangi talablar taaluqli bo‘ldi.

Mutaxassislar rasmiy taksi haydovchilari sonining kamayishi, mavsumiy sovuqlar va Yangi yil bayramlari shaharda yo’l haqining yanada oshishiga va noqonuniy taksilarning ko’payishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya