Maqola

220 13/09/2024

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati huquqni muhofaza qilish organlari hududda migrantlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha noqonuniy sxema tashkil qilgan shaxslar guruhi qo‘lga olingani haqida hisobot berdi. Guruh tarkibida ikki nafar xorijlik va to‘rtta mahalliy aholi bo‘lgan, deb xabar qildi Rossiya IIVning rasmiy vakili Irina Volk.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxiridan boshlab, jinoiy sxema ishtirokchilari 500 dan ortiq migrantni legallashtirishga yordam berishgan. Ulardan ba’zilari ro‘yxatga olinganidan so‘ng, Rossiyada vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan.

Ayblanuvchilar Kurort tumani politsiyasi va mintaqaviy “ФСБ” xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida ish joyida qo‘lga olindi.

Ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi («Noqonuniy migratsiyani tashkil qilish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Guruhning to‘rt a’zosi hibsga olingan, qolganlari esa chiqib ketmaslik to‘g‘risida tilxat asosida qo‘yib yuborilgan, deb xabar beradi Leningrad oblasti Ichki ishlar vazirligi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya