136 08/10/2024

Sheremetyevoning E va F terminallarida parkovkaning yangi tarifi joriy etildi, deb xabar bermoqda aeroportning matbuot xizmati.

«2024-yil 1-oktyabrdan boshlab Sheremetyevo aeroportining rasmiy avtoturargohlari uchun tariflar yangilandi. E va F terminallaridagi yopiq parkovkaning yangi tarifi – sutkasiga 500 rublni tashkil qiladi. Soatbay tariflar endi yo‘q», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, parkovka E va F terminallarining kirish maydonida joylashgan. Aeroportning kirish qismiga kelgan paytdan boshlab haydovchi 15 daqiqa ichida bepul turish imkoniyatiga ega. Ko‘rsatilgan limitdan oshib ketilsa har soat uchun 3 ming rubl jarimaga sabab bo‘ladi. Shuningdek, birinchi marta kelgandan keyin ikki soat ichida aeroportga uchinchi marta qaytib kelish va undan keyingi kelishlar ham shunday jarimaga olib keladi. Ya’ni ikki soat ichida uchinchi marta pul to’lamay 15 daqiqadan oz turmoqchi bo’lsangiz ham jarimaga tortilasiz.

Aeroportga kelishdan avval parkovka talablarini inobatga olishni tavsiya qilamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya