Maqola

186 25/06/2024

Rossiyani soxta pasportlar bilan tark etishga uringan ikki nafar muhojir Orenburg oblastida joylashgan “Sagarchin” chegara punktida qo‘lga olingan.

Hududiy Federal xavfsizlik xizmati (ФСБ)ning xabar berishicha, chegara nazorati xodimlari Rossiyadan chiqish tomonga harakatlanayotgan ikki nafar markaziy osiyolik muhojirlarni payqagan. Muhojirlar oqimdagi boshqa odamlardan ajralmagan, o‘zlarini sokin va dadil tutishgan. Pasport tekshiruvida ularning pasportlari soxta ekani aniqlangan.

Muhojirlar qaysi maqsadda pasportlarini soxtalashtirgani tergov vaqtida aniqlanadi. Chegarani noqonuniy ravishda o‘tish holati yuzasidan ayni vaqtda muhojirlarga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Jinoyatchilar qo‘lga olingan. Ularga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya