Teg: мигрант

🔹 Elchixona Kursk, Bryansk va Belgorodda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi vaziyat munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolariga zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, o‘ta zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek, jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qildi. “Imkon qadar ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtincha masofaviy taʼlim formatiga (onlayn) o‘tishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda. Agar konsullik yordami...

🔻Rossiya Ichki ishlar vazirligi muhojirlar o‘rtasida jinoyatlar kamayganini qayd etmoqda

Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volk o‘zining Telegram-kanalida boshqa davlatlar fuqarolari orasida jinoyatchilik darajasining kamayganini ma’lum qildi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yetti oyi davomida migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni qariyb 5 foizga kamaygan. Noqonuniy harakatlar sodir etgan migrantlar soni ham 3,1 foizga kamaydi....

❓ Nima uchun Rossiya fuqaroligi Rossiya pensiyasini kafolatlamaydi?

Rossiya fuqaroligini olsangiz ham Rossiya pensiyasini rasmiylashtirib bo’lmasligini bilarmidingiz? 2023-yildan boshlab Rossiyada pensiya tayinlashda SSSR va keyinchalik MDH davlatlarida ishlagan staj hisobga olinmaydi. Chunki Rossiya Federatsiyasining 11.06.2022-yildagi № 175-FZ-sonli Federal qonuniga muvofiq, Rossiya MDH davlatlarining pensiya ta’minoti sohasidagi fuqarolar huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi Bitimdan chiqqan. Qonunga ilova qilingan tushuntirish xatida...

🔻“Crocus City Hall”dagi teraktda gumon qilingan to‘rt nafar shaxsning hibsga olish muddati uzaytirildi

Moskvaning Basmanniy sudi “Crocus City Hall”da terror hujumini sodir etishda gumonlanayotgan to’rt nafar Tojikiston fuqarosining hibsda qolish muddatini 22-noyabrgacha uzaytirdi Sud yopiq tartibda o’tkazildi. Dalerjon Mirzoev, Saidakram Rajabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Shamsiddin Fariduni 145 kishining o’limiga olib kelgan terror hujumini sodir etish va noqonuniy qurol-yarog’ aylanmasi bo’yicha ayblanmoqda. Gumonlanganlarga...

⚡️ Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 8 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlaridan to‘plangan. 14-avgust kuni Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bir guruh o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi, deya хabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi. Qayd etilishicha, bosh konsulxona ko‘magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14...

📢 Migrant o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, bolani qutqardi

Nijnevartovskning Samotlor ko‘chasida migrant Aman Botirbekov haqiqiy jasorat ko‘rsatib, sakkizinchi qavatdan yiqilib tushishi mumkin bo‘lgan kichkina bolani qutqarib qoldi. Politsiyachilar bola joylashgan xonadonga kirishga harakat qilgan, lekin eshik qulf edi. O‘shanda Botirbekov yuqoridagi 9-qavatdan arqonda osilib tushishni taklif qildi. Botirbekov arqon yordamida pastki qavatga tushib, kichkintoyga yorda berdi. Keyinchalik...

🔻O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi haydovchilik guvohnomalari haqida ma’lumot berdi

Polshada chet ellik haydovchilar uchun 2024-yil 17-iyundan kuchga kirgan yangi qoidalarga ko‘ra, avtomobil vositasi, shu jumladan, taksini boshqarish uchun Polsha namunasidagi guvohnoma talab etiladi. Haydovchilik guvohnomasi munisipal organlarining davlat xizmatlari markazida (Urząd) almashtiriladi. Ammo, ba’zi fuqarolar orasida “O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirmoqda” degan noto‘g‘ri gap-so‘zlar paydo bo‘lgan. Elchixonaning...

🔻 Boshqa davlat armiyasida yollanma askar sifatida xizmat qilishning xavf-xatarlari va oqibatlari

So’nggi yillarda migrantlarga Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun shartnoma imzolashni taklif qilish holatlari tez-tez uchramoqda. Bunday takliflar chegarada, migratsiya bo‘limlarida, deportatsiyadan oldin maxsus hibsxonalarda, hatto pasport va viza xizmatlarida ham qilinadi. Migrant.uz tahririyati Markaziy Osiyo mamlakatlarida yollanma askarlikni taqiqlovchi qat’iy qonunlar haqida muntazam eslatib turadi. Ushbu harakat...

Dronlar hujumi paytida odam o’zini qanday tutishi kerak? Ekspertlarning tavsiyalari

Ukrainaning Rossiyaning Belgorod viloyatidan Novgorodgacha bo’lgan mintaqalariga uyushtirayotgan dronlar hujumi undan himoyalanish usullari haqida o’ylashga majbur qilmoqda. Agar dron yoki raketa hujum qilsa, nima qilish kerakligi haqida ekspertlarning tavsiyalarini bilan bo’lishamiz. Dron yoki BPLA past balandlikda uchadigan va tashqi ko’rinishidan kichik samolyotga o’xshaydigan qurilma sanaladi. Doim portlovchi moddalar bilan...

Yaqinda Qozog‘istonga ham ID-karta bilan o‘tish mumkin bo‘ladi

Ma’lumki, hozirda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinsa-da, ikki davlat fuqarolari chegaradan xorijga chiqish pasporti orqali o‘tishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov ikki davlat, ikki qardosh xalqni yanada jips va birdam qiladigan xushxabarni e’lon qildi. “Bugungi kunda O‘zbekiston va Markaziy...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya