Teg: мигрант

2023-yilda Rossiyaga kelgan muhojirlar soni kamaydi

2023-yilda Rossiyaga xorijdan kelgan muhojirlar soni 2022-yilga nisbatan 23 foizga kamaygan – 560,4 ming kishi. Bu mamlakatga 482 ming xalqaro migrant kirgan 2013 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Bunday ma’lumotlar Rosstatning “Rossiya Federatsiyasi aholisining soni va migratsiyasi” byulletenidan olindi. 2023-yilda Rossiyaga, asosan, Tojikiston va Qirg‘izistondan migrantlar kelgan. Ukraina, Armaniston...

Kirdi-chiqdi qilish mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga Tailand qo‘shildi

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun rasman 60 kungacha vizasiz rejimni joriy qildi. “Dunyo” axborot agentligining xabariga ko‘ra, joriy yilning 15-iyul kunidan e’tiboran Tailand hukumati O’zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchi o‘zbekistonliklar uchun amal qiladi. Jumladan, Rossiya...

Rossiyada xorij raqamli mashinani haydayotgan muhojirlar jarimalarni qanday bilib olishi mumkin?

Rossiyada oʻz avtomobilini boshqarayotgan koʻplab muhojirlar to‘lanmagan jarimalar borligi haqida bevosita chegarada xabar topishadi. Chunki Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorij davlat raqamiga ega boʻlgan mashinalarning qoidabuzarligi bo‘yicha yoki xorij fuqarolariga jarima yubormaydi. Biroq, xorijliklar Rossiyadan chiqmay turib, mustaqil ravishda jarimalar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot olishlari mumkin. Jarimalarni “Chet el fuqarolari...

Ishga yuborish kampaniyabozlikka aylandimi?

Migrant.uz tahririyatiga O‘zbekistondagi mas’ullar (mahalla, hokimliklar) ham Rossiyaga va boshqa davlatlarga o‘z hududidagi aholidan ishchi yuborish bo‘yicha topshiriq olayotgani haqida xabarlar keldi. Ha, xato o‘qimadingiz — aynan topshiriq.Tahririyatga kelgan audio xabarlarda mahalla raislariga Rossiyada qurilish sohasida ishlash uchun ishchilarni yig’ish topshirig’i berilganini eshitish mumkin. Mazkur holat bo‘yicha muhojirlarning fikrlari...

Rossiyada Mustaqil migratsiya xizmatini yaratish taklif qilinmoqda

«Справедливая Россия – За Правду» partiyasi rahbari Sergey Mironovning aytishicha, migratsiya sohasidagi politsiyachilarning korruptsiyasini hisobga olib Ichki ishlar vazirligan mustaqil ishlaydigan yangi Migratsiya xizmatini tashkil etish kerak. Uning fikricha bir-biridan mustaqil bo’lgan turli tuzilmalar migratsiya siyosatini olib borishi va amalga oshirilishini nazorat qilishi samarali yechimdir. Parlament a’zosi noqonuniy migratsiya...

Muhojirlar yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihondan o‘ta olmadi

Moskva oblastidagi taksoparklarning birida haydovchi sifatida ishlashga kelgan migrantlar yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha sinov katta janjal bilan tugadi. SHOT telegram kanali muhojirlar eng oddiy test natijalarini ham bilmasligini namoyish qiluvchi kadrlar bilan bo’lishgan. Sinovdan keyin barcha muhojirlar ishga olinmay, qaytarib yuborilgani aytilmoqda. Migrantlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha sinov...

Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlar uchun eslatma e’lon qildi

Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish va deportatsiya qilish holatlari ko’payishi munosabati bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet el fuqarolarini migratsiya qonunchiligiga qat’iy rioya qilish va quyidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga chaqiradi: ❌ barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazish (daktiloskopiya) va suratga olishdan o‘tmaslik; ❌ xavfli kasalliklar mavjudligi va giyohvand moddalari bo‘yicha har yili...

Voronejda migrantlar rossiyaliklar istamagan joylarda ishlaydi

Voronej oblasti jalb qilingan migrantlar soni bo‘yicha mamlakatda 20-o‘rinni egalladi. 2024-yilda Voronej viloyatida migrantlarga 11 mingdan ortiq mehnat patenti berilgan. Kelganlar asosan Tojikiston, O‘zbekiston va Armaniston fuqarolaridir. Ular ko‘pincha qurilish, qishloq xo‘jaligi va savdo sohasida ishlaydi. Hozirda Voronej viloyati jalb etilgan muhojirlar soni bo‘yicha Rossiyada 20-o‘rinni egallab turibdi. Migrant...

Krasnodarda ota-onalar va muhojirlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi

Krasnodarda bolalar maydonchasida ota-onalar va muhojirlar ishtirokida janjal kelib chiqdi. Politsiya tekshiruv o‘tkazmoqda, deb xabar bergan Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi. Politsiyaga Krasnodarning Lavochkin ko‘chasidagi bolalar maydonchasidagi janjal haqida bir nechta qo‘ng‘iroqlar kelib tushgan. Mahalliy telegram kanallarning xabar berishicha, muhojirlarning farzandlari bolalar maydonchasida o‘ynashayotgan mahalliy bolalar bilan...

Voronej politsiyachilari dachalarda migrantlarni tekin ishlatgani aniqlandi

Voronej oblastida politsiya xodimlari muhojirlar bilan noqonuniy kelishuvga erishgani aniqlandi, deb yozmoqda “Baza” telegram kanali. Chet elliklardan biri – 52 yoshli Rahimjon hamyurtlarini politsiyachilarning yozgi dala hovlilariga tekinga ishga jo‘natganini, buning evaziga politsiya xodimlari migrantlarning hujjatsiz yurishiga e’tiborsiz bo‘lganini aytib bergan. 24-iyun kuni Rahimjonga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil qilganlik...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya