Ukrainada jang qilgan qoraqalpog‘istonlikka nisbatan hukm o‘zgarmadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqqan ishda To‘rtko‘l tuman sudining 2025-yil 15-dekabrda chiqargan hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi. Sudlanuvchining jazoni yengillashtirish haqidagi shikoyati qanoatlantirilmadi. Sud materiallariga ko‘ra, 1983-yil 7-mart kuni To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan, ikki nafar farzandi bor fuqaro 2020-yil noyabr oyida ishlash maqsadida Rossiyaga ketgan. U...
