Volgograd koloniyasida mahbuslar qo’zg’olon ko’tardi: halok bo’lganlar va yaralanganlar bor

Volgograd viloyatining Surovikino tumanidagi IK-19 qamoqxonasida mahbuslar xodimlarga hujum uyushtirdi. Hujum natijasida kamida uch nafar qamoqxona xodimi o’ldirilgani xabar berilmoqda. Kamida yetti kishi og’ir tan jarohatini olgan. Jarohatlanganlar reanimatsiyada. Mahbuslar yana bir necha kishini garovga olgani ma’lum. “Mash” telegram kanalining xabar berishicha, mahbuslar intizom komissiyasida bosh ko’targan. Hujumchi mahbuslardan...

Nigeriyalik fuqarolarning noqonuniy migratsiyasini «РУДН» o’qituvchisi tashkil etgan

Rossiyada nafaqat Markaziy Osiyo fuqarolariga, balki afrikalik migrantlarga ham “ov” boshlangan ko’rinadi. «РУДН» universitetining katta o’qituvchisi Nigeriya fuqarolarining noqonuniy migratsiyasini tashkil etishda gumon qilinib, qo’lga olingan. “Baza” nashrining xabar berishicha, 49 yoshli «РУДН» universitetining Axborot boshqaruvi departamenti o’qituvchisi Ekpodobo Raymond Ovvigxo nigeriyalik fuqarolarga pul evaziga soxta nikohlar tuzishga yordam...

Banklarning soxta ilovalaridan foydalanmang!

Tinkoffning soxta ilovasi “iOS” uchun bepul dasturlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqdi. Firibgarlik ilovasi “T-Bank Wishlist Tracker” deb nomlanadi. 20-avgust holatiga ko‘ra, u eng mashhur bepul dasturlar ro‘yxatida 15-o‘rinni egallab turibdi. Sanksiyalar boshlanganidan buyon Tinkoff, Sber, Alfa, VTB kabi banklarning ilovalari “App Store”, “Google Play”, “Galaxy store” va boshqa onlayn...

Rossiya TIV: MDH doirasida viza rejimi kiritilishi haqida gap-so’z yo’q

MDH hududida, jumladan Rossiya va Hamdo‘stlikning boshqa mamlakatlari o‘rtasida ham viza rejimini kuchaytirish yoki yumshatish bo‘yicha muzokaralar hozirda olib borilmayapti. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamenti direktori Mikael Agasandyan RIA-Novostiga ma’lum qildi. «MDH hududida (Turkmanistondan tashqari) vizasiz rejim amal qilib, u ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar...

📢 Xabarovskda o‘zbekistonliklarni terrorchilikka jalb qilishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Xabarovskda o‘zbekistonliklarni terrorchilik faoliyatiga jalb qilishda gumon qilingan xorij fuqarosi qo‘lga olindi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovsk o‘lkasi xodimlari O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilik tashkilotiga tayyorgarlikdan o‘tkazish va ular safida qatnashishga jalb qilgan shaxsni qo‘lga oldi. Departament matbuot xizmati xabar berishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari materiallari asosida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi...

🔻Huvillab qolgan “Saxarovo”

Odatda internet tarmog‘ida Moskvaning Migratsiya markazida odam ko‘pligi haqidagi videolar tarqalar edi. “Saxarovo”da joylashgan ko‘p funksiyali migratsiya markazi Moskva va Moskva viloyatida muhojirlar ishlash uchun patent olish mumkin bo‘lgan yagona markaz hisoblanadi. Moskva va Moskva oblasti an’anaviy ravishda migrantlar eng ko‘p ishlashga keladigan mintaqa sanaladi. Biroq so‘nggi paytlarda muhojirlar...

«Ustimizdan kulishmoqda, odam o‘rnida ko‘rishmayapti» – Sheremetyevoda yana o‘zbekistonliklar og‘ir ahvolda

Sheremetyevo aeroportida o‘zbekistonliklarning Rossiyaga kiritilmaslik holatlari davom etmoqda. Migrant.uz muxbiri 19 avgust kuni Samarqanddan Moskvaga Aeroflot aviakompaniyasida uchib kelgan Shohimardon Magometov bilan suhbatlashdi. Umrida birinchi marta O‘zbekistondan xorijga chiqqan Shohimardon, ishxonasi yuborayotgani uchun Rossiyaga kelishida muammoga uchrashini tasavvur ham qilmaganini aytadi. – Men birinchi marta O‘zbekistondan tashqariga chiqishim. O‘zbekistonda...

❓ Maymun chechagi nima va u O‘zbekistonga xavf solmaydimi?

Ma’lumki, joriy yilning 14-avgust kuni JSST Afrikada tarqalayotgan maymun chechagining Clade 1b shtammining yangi to‘lqini tufayli, sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi. Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) mpox virusi (ilgari maymunchechak deb ataladigan) tarqalishi bilan bog‘liq xavf darajasi “past”dan “o‘rtacha”ga oshganini e’lon...

📢 Yangi Moskvadagi migrantlar yotoqxonasida reyd

Rus manbalarining yozishicha, Sherbinkadagi yotoqxonada yashovchi 83 nafar muhojirning Rossiyada bo‘lish qonuniyligi tekshirilgan. Hujjatlarni tekshirish chog‘ida yashovchilardan atigi ikki nafarining Rossiya hududida bo‘lish huquqini beruvchi hujjatlari bo‘lmagan. Politsiya qoidabuzarlarga nisbatan 5 ming rubl miqdorida jarima to’lash va keyinchalik mamlakatdan chiqarib yuborish bilan bog’liq bayonnomalar tuzgan.

💧 Vladivostok suv ostida qoldi

Kuchli yomg’ir tufayli Vladivostokning bir necha ko’chalarini suv bosdi. Dushanba kuni aholi ijtimoiy tarmoqlarda Vladivostokdagi suv bosgan ko‘chalar tasvirini bo‘lisha boshladi. Xabar qilinishicha, past-baland ko’chalarda ba’zi avtomobillar deyarli tomigacha g‘arq bo‘lgan. O‘n balli tirbandlik yuzaga keldi, shahar markazida, Lugovaya hududida, 100-yillik prospektida va boshqalarda transport harakati qiyinlashdi. Obunachimiz Vladivostokdan...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya