Hukumat qaroriga muvofiq, bu transport vositalarini ekspluatatsiya qilish taqiqlanadigan qoidabuzarliklardan biri hisoblanadi.
2023-yil sentyabrdan Rossiyada avtomobil boshqarish taqiqlangan holatlar va texnik nosozliklarning yangilanayotgan ro‘yxati kuchga kirgan. Unga ko‘ra, dekabrdan fevralgacha yozgi shinalarda harakatlanish man etiladi, shuningdek, yozning uch oyida shipli shinalardan foydalanish taqiqlanadi. Bundan tashqari, “lipuchka” shinalardan yil davomida foydalanishga ruxsat beriladi.
Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning 12.5-moddasi 1-qismiga ko‘ra, qoidabuzar haydovchini 500 rubl jarimaga tortish mumkin.
Biroq, bir yil avval Rossiya Davlat avtoinspeksiyasi rahbari Mixail Chernikov inspektorlar yozgi shinalarda harakatlangan transport vositalarini maxsus avtoturargohlarga jo‘natmasliklarini va jarima qo‘llamasliklarini, faqat ogohlantirish va mavsumga mos bo‘lmagan shinalarda harakatlanish xavfli ekanligini tushuntirish bilan cheklanishlarini aytgan edi.